Buxoro shahar prokurorining prezidentga murojaati boʻyicha maxsus komissiya tuzildi - OAV

© Sputnik / Stas EtveshPodpis dokumentov, arxivnoye foto
Podpis dokumentov, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Buxoro shahri prokurori oʻz videomurojaatida keltirib oʻtgan vajlarni sinchkovlik bilan har tomonlama va xolisona tekshirish hamda holatga baho berish maqsadida 14 dekabr kuni Respublika idoralararo komissiyasi tuzilganligi aytilmoqda

TOSHKENT, 15 dek - Sputnik. Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovning ijtimoiy tarmoqlar orqali qilgan murojaati yuzasidan Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi, deb xabar bermoqda OʻzA Oʻzbekiston prezidenti Xalq qabulxonasida rasmiy bayonotiga tayangan holda.

Mujchina v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda toʻqqiz oy davomida 647 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 11 dekabr kunidan buyon internet tarmogʻi orqali Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov tomonidan tarqatilgan videomurojaatlarda Buxoro shahridagi markaziy yopiq bozorni minglab tadbirkorlarni qon qaqshatib buzilgani va qurilish jarayonidagi jinoyatlar haqida gapirgan. Amerikalik investor deya atalgan tadbirkorlar aslida mahalliy tadbirkorlar ekani maʼlum qilingan. Shuningdek, bu ishlarda Bosh prokuroratura ayrim xodimlari tomonidan qonunbuzarlik holatlariga yoʻl qoʻyilayotganligi maʼlum qilingan.

"J.Fozilovning vajlarini sinchkovlik bilan har tomonlama va xolisona tekshirish hamda holatga baho berish maqsadida joriy yil 14 dekabr kuni Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi", - deyiladi Oʻzbekiston prezidentining xalq qabulxonasi tomonidan taqdim etilgan va OʻzA tomonidan tarqatilgan rasmiy bayonot matnida.

Taʼkidlanishicha, komissiya tarkibiga Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi, Oliy majlis senati, Prezident huzuridagi tadbirkorlik subʼyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, shuningdek Oʻzbekiston prezidentining Buxoro viloyatidagi xalq qabulxonasining masʼul xodimlari kiritildi.

Komissiya murojaatda keltirilgan qonunbuzarlik holatlarini joyiga chiqqan holda, J.Fozilovning barcha vajlarini bevosita oʻzining ishtirokida chuqur va xolisona oʻrganilishini tashkil etadi. Tekshirish natijalari boʻyicha qoʻshimcha ravishda xabar beriladi, deb qoʻshimcha qilingan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala