Iqtisod

Ekspert: YEOIIda kuzatuvchi maqomi – bu oʻzbek biznesi uchun signal

© Iz lichnogo arxiva Mixaila PanchenkovaBiznes-posol "Delovoy Rossii", eksportnыy torgovыy sovetnik AO "Rossiyskiy Eksportnыy Tsentr" Mixail Panchenkov
Biznes-posol Delovoy Rossii, eksportnыy torgovыy sovetnik AO Rossiyskiy Eksportnыy Tsentr Mixail Panchenkov - Sputnik Oʻzbekiston
"Rossiya eksport markazi" AJ eksport savdo boʻyicha maslahatchisi Mixail Panchenkov, YEOIIda kuzatuvchi maqomiga oʻtgandan soʻng, Oʻzbekiston uchun vaziyat qanday oʻzgargani va qulay shart-sharoitlarni qoʻldan boy bermaslik uchun nima qilish kerakligi haqida oʻz fikrlarini aytdi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi oliy kengashi yigʻilishida aʼzo-davlatlarning yakdil qarori bilan Oʻzbekiston kuzatuvchi-davlat sifatida qabul qilindi. Rasmiy ravishda bu hali respublikaga ittifoqning toʻlaqonli aʼzolari foydalanadigan imtiyozlarni bermaydi. Ammo rossiyalik mutaxassis fikriga koʻra, bu juda muhim qadam va biznes uchun aniq signal.

"Oʻzbekistonga YEOIIda kuzatuvchi maqomini berilishi - bu Rossiyada ham, respublikaning oʻzida ham biznes uchun muhim signal. Ehtimoliy integratsiya bojxona, logistika va mehnat resurslaridan foydalanishda keng imkoniyatlar ochilishini anglatadi. Bunday sharoitda har ikki tomonning tadbirkorlari bugun oʻz ishlarini kuchaytirishi, hamkorlikning yangi istiqbolli yoʻnalishlarini izlashi va qoʻshma korxonalarni tashkil qilishi kerak, keyinchalik agar YEOIIda toʻlaqonli qoʻshilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, ular oxirgi vagonda boʻlib qolmaslik uchun", - deb taʼkidladi Panchenkov.

Unga koʻra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi aʼzolari bilan teng huquqli munosabatlarni rivojlantirish uchun Oʻzbekiston katta texnik ishlarni bajarishi kerak. Avvalambor, bu alohida tovarlarning koʻplab protokollari va qoidalarini umumiy standartlarga muvofiqlashtirish bilan bogʻliq. Bu juda mashaqqatli ish, ammo, ekspertning fikriga koʻra, bu tez orada oʻzini toʻliq oqlaydi.

Panchenkov taʼkidlashicha, bugungi kunda tovarlarni yetkazib berish uchun transport koridorlarini, xususan, temir yoʻl transportini rivojlantirish va undan intensiv foydalanish zarur. Respublika hududidagi tarqatish markazlari oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi va oʻsishining yana bir samarali yoʻnalishi boʻlishi kerak. Rossiya Federatsiyasi bilan allaqachon maʼlum kelishuvlarga erishilgan, loyihani amalga oshirishda uch yil ichida ushbu markaz orqali tovarlarning hajmi 500 million dollardan oshishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala