Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Kolumnistlar

Nima boʻlsa ham Bayden. Revansh olishga Trampga nima xalal berdi

© REUTERS/Kevin LamarqueDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston
Amaldagi prezident Donald Trampning natijalar ustidan shikoyat keltirish umidlari puchga chiqayotgan bir paytda demokrat inauguratsiya sari yaqinlashmoqda.

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Saylovchilar hayʼati hech qanaqa syurpriz hozirlamadi: kutilganidek, Jo Bayden 306 ta ovoz oldi. Donald Tramp esa 232 ta. Amaldagi prezidentning natijalar ustidan shikoyat keltirish umidlari puchga chiqayotgan bir paytda demokrat inauguratsiya sari yaqinlashmoqda. Trampga sudda yutib chiqishga nima xalal berdi – bu haqda RIA Novosti materialida.

Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Bayden prezident boʻlish uchun saylovchilar hayʼatining yetarli ovozini oldi

Yulduzli guvoh

“Men nima koʻrganimni bilaman. Men “agar yolgʻon gapirsam, turmaga oʻtiraman” deb yozilgan qogʻozni imzolagan edim. Sizchi? Roʻyxatga olingan saylovchilar roʻyxatida yuz minglab kishilarda xiloflik... demak, saylovda 120 foiz saylovchi ishtirok etgan”. Detroytdagi saylov uchastkalaridagi qonunbuzarliklar toʻgʻrisida Donald Tramp jamoasining “yulduzli guvohi” Melissa Karon shunday koʻrsatma berdi. U savol berayotgan senatorning gapini doim boʻlib turdi va prezidentning shaxsiy advokati Rudi Juliani hatto uni turtib turdi.

Ayrimlar oʻziga xos turmakli va oʻzgacha nutq bilan chiqish qilgan ayol kayfi borida gapirdi deb oʻylashdi. Natijada Melissa internet yulduzi va “Saturday Night Life” yumoristik shousining personajiga aylandi.

Tramp tarafdorlari saylov uchastkalari xodimlari “oʻn minglab” byulletenlarni ikki marta skannerdan oʻtkazgani, ovozlarni hisoblash markaziga ovqat tashiydigan furgonlarda goʻyoki soxta qogʻozlarni olib kelganini baribir isbotlay olmadi. “Yulduzli guvohning” soʻzlariga uning sudlangani haqidagi yangiliklar ham ishonch qoʻshmadi. Matbuot Melissa boyfrendining sobiq rafiqasiga axloqsiz videolar joʻnatganini kovlab topdi.

Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Men saylovlarda gʻalaba qozondim” – Tramp

Tramp jamoasi eshituvlarda noyabr saylovlari natijalarini yana bekor qilishni xohlardi. Ammo sudga firibgarlik dalillarini taqdim etishlari bilan deyarli har safar muammo tugʻilardi.

Oʻngʻaysizlik ortidan oʻngʻaysizlik

Trampning saylov shtabi vakillari saylov oʻtgandan soʻng darhol mahalliy sudlarga daʼvo kiritishga bel bogʻladi. Jiddiy xilofliklar vaj qilib koʻrsatilgandi. Masalan, Arizonadagi Marikopa okrugida respublikachi saylovchilar ovozlarni hisoblaydigan apparatlar ularning byulletenlarini umuman oʻqimaganidan shikoyat qilishdi, chunki ularni “Sharpie” firmasi markerlari bilan toʻldirishgan.

Ammo eshituvlar vaqtida guvohlar bir-biriga zid javob berishdi. Ovozlar umuman markerlar tufayli yoʻqolmaganini aytishdi. Bundan tashqari, ayblov tomoni advokati Kori Langxofer gap umuman firibgarlik haqida emas, balki “ayrim tasodifiy oʻylanmagan xatolar” haqida borayotganini aytdi. Saylovchilardan biri unga koʻrsatma berish uchun pul toʻlashgani yoki toʻlmashmagani haqidagi savolga buni bilmasligini aytdi: hozircha hech kim u bilan buni muhokama qilgani yoʻq, biroq u agar mukofot pul nazarda tutilgan boʻlsa, bunga qarshi emas.

Amerikanskiy bombardirovщik B-52  - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Tramp janjal bilan ketmoqda. AQSH Eronga zarba beradimi?

Jorjiya sudida kiberxavfsizlik xizmati xodimi apparatlar tomonidan hisoblangan ovozlar soni roʻyxatga olingan saylovchilar sonidan oshgan deb turib oldi. Haqiqatdan shunday, Jorjiyada emas, balki Michiganda. Shu bilan birga goʻyoki qonunbuzarliklar qayd etilgan shaharlar roʻyxatida asosan Minnesota aholi punktlari keltirilgan edi.

Pensilvaniyada, saylovlar yakuni uchun eng muhim boʻlgan shtatda, prezident yuristlari sudlashishga uzoq tayyorlanishdi. Lekin mos dalillarni baribir toʻplamadi. Ayrim holatlarda advokatlarning oʻzi firibgarlik dalillari umuman yoʻqligini tan olishdi.

Soʻnggi imkoniyat

AQSH prezidenti Donald Tramp tarafdorlari Stop the Steal norozilik namoyishida, Feniks, AQSH.
 - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
"Oʻgʻrilikni toʻxtating" - Tramp tarafdorlari saylov natijalariga qarshi

Oʻtgan hafta Texas shtati tomonidan boshlangan muhokama hal qiluvchi boʻlishi taxmin qilingandi. “Ikkilanuvchi” Jordjiya, Michigan, Pensilvaniya va Viskonsin shtatlaridagi saylovlar natijalarini bekor qilish daʼvosi Oliy sudga yoʻllandi. Texas prokurorini 17 ta shtat qoʻlladi.

Shikoyat aynan Oliy sudga berildi, zero u mintaqalar oʻrtasidagi bahslarni toʻgʻridan toʻgʻri, quyi instantsiyalarga murojaat qilinmagan holda hal qiladi.

Ishonchli dalillar taqdim etilmadi. Oliy sud daʼvoni rad etdi. Bu kutilgan holat edi. Sudyalar orasida Tramp tomonidan tayinlanganlari borligi ham yordam bermadi.

Oxirgi marta Oliy sud 2000 yildagi saylovlar taqdirini hal qilgandi. Oʻshanda Floridada kim gʻolib boʻlgani aniq emas edi – demokrat Albert Gor yoki respublikachi kichik Jorj Bush. Bushning tugʻishgan ukasi Jeb gubernatorlik qilayotgan shtat gʻalabani respublikachiga berdi. Ovozlar demokratlarning talabiga binoat qayta hisoblandi, har bitta byulleten, har bir ikir-chikir uchun kurash bordi. Lekin kimning qoʻlib baland kelganini hal qilishning iloji boʻlmadi. Oxir-oqibat Oliy sud birinchi natijalarni tan olish toʻgʻrisida qaror qildi. Saylovchilarning kam ovoziga qaramasdan Bush prezident boʻldi.

Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp undan saylovdagi gʻalabani oʻgʻirlashlariga yoʻl qoʻymasligini aytdi

Hozirgi saylovlar arafasida baʼzilar bu holat takrorlanishi, Tramp tayinlagan sudyalar unga yon bosishidan xavfsirashgan edi. Ammo Oliy suddagi lavozim bir umrlik, shuning uchun sudyalarning kursi uchun minnatdorchilik bildirishlarining hojati yoʻq.

Saylovchilar hayʼati qarori

AQSH saylovlariga saylovchilar hayʼati yigʻilishi nuqta qoʻydi. Har bir shtat vakillari ovoz berdi. Gʻalaba uchun 270 tadan ziyod ovoz toʻplash zarar edi.

Saylov tizimi tanqidchilari oddiy amerikaliklarning kam ovozini olganlar ham prezident boʻlishi mumkinligini aytishadi.

Oltinchi yanvar kuni kongressning har ikki palatasi saylovchilar hayʼatining ovoz berish natijalarini koʻrib chiqishadi va faqat oʻshanda Baydenning uzil-kesil gʻalabasi haqida eʼlon qilishadi. Ammo 3 yanvar kuni kongress tarkibi yangilanadi. Nazariy jihatdan Trampning magʻlubiyatini hozircha tan olmaslik mumkin – va bu amaldagiprezidentning soʻnggi imkoniyati.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala