Nima bo‘lsa ham Bayden. Revansh olishga Trampga nima xalal berdi

© REUTERS/Kevin LamarqueDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amaldagi prezident Donald Trampning natijalar ustidan shikoyat keltirish umidlari puchga chiqayotgan bir paytda demokrat inauguratsiya sari yaqinlashmoqda.

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Saylovchilar hay’ati hech qanaqa surpriz hozirlamadi: kutilganidek, Jo Bayden 306 ta ovoz oldi. Donald Tramp esa 232 ta. Amaldagi prezidentning natijalar ustidan shikoyat keltirish umidlari puchga chiqayotgan bir paytda demokrat inauguratsiya sari yaqinlashmoqda. Trampga sudda yutib chiqishga nima xalal berdi – bu haqda RIA Novosti materialida.

Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Bayden prezident bo‘lish uchun saylovchilar hay’atining yetarli ovozini oldi

Yulduzli guvoh

“Men nima ko‘rganimni bilaman. Men “agar yolg‘on gapirsam, turmaga o‘tiraman” deb yozilgan qog‘ozni imzolagan edim. Sizchi? Ro‘yxatga olingan saylovchilar ro‘yxatida yuz minglab kishilarda xiloflik... demak, saylovda 120 foiz saylovchi ishtirok etgan”. Detroytdagi saylov uchastkalaridagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida Donald Tramp jamoasining “yulduzli guvohi” Melissa Karon shunday ko‘rsatma berdi. U savol berayotgan senatorning gapini doim bo‘lib turdi va prezidentning shaxsiy advokati Rudi Juliani hatto uni turtib turdi.

Ayrimlar o‘ziga xos turmakli va o‘zgacha nutq bilan chiqish qilgan ayol kayfi borida gapirdi deb o‘ylashdi. Natijada Melissa internet yulduzi va “Saturday Night Life” yumoristik shousining personajiga aylandi.

Tramp tarafdorlari saylov uchastkalari xodimlari “o‘n minglab” bulletenlarni ikki marta skannerdan o‘tkazgani, ovozlarni hisoblash markaziga ovqat tashiydigan furgonlarda go‘yoki soxta qog‘ozlarni olib kelganini baribir isbotlay olmadi. “Yulduzli guvohning” so‘zlariga uning sudlangani haqidagi yangiliklar ham ishonch qo‘shmadi. Matbuot Melissa boyfrendining sobiq rafiqasiga axloqsiz videolar jo‘natganini kovlab topdi.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
“Men saylovlarda g‘alaba qozondim” – Tramp

Tramp jamoasi eshituvlarda noyabr saylovlari natijalarini yana bekor qilishni xohlardi. Ammo sudga firibgarlik dalillarini taqdim etishlari bilan deyarli har safar muammo tug‘ilardi.

O‘ng‘aysizlik ortidan o‘ng‘aysizlik

Trampning saylov shtabi vakillari saylov o‘tgandan so‘ng darhol mahalliy sudlarga da’vo kiritishga bel bog‘ladi. Jiddiy xilofliklar vaj qilib ko‘rsatilgandi. Masalan, Arizonadagi Marikopa okrugida respublikachi saylovchilar ovozlarni hisoblaydigan apparatlar ularning bulletenlarini umuman o‘qimaganidan shikoyat qilishdi, chunki ularni “Sharpie” firmasi markerlari bilan to‘ldirishgan.

Ammo eshituvlar vaqtida guvohlar bir-biriga zid javob berishdi. Ovozlar umuman markerlar tufayli yo‘qolmaganini aytishdi. Bundan tashqari, ayblov tomoni advokati Kori Langxofer gap umuman firibgarlik haqida emas, balki “ayrim tasodifiy o‘ylanmagan xatolar” haqida borayotganini aytdi. Saylovchilardan biri unga ko‘rsatma berish uchun pul to‘lashgani yoki to‘lmashmagani haqidagi savolga buni bilmasligini aytdi: hozircha hech kim u bilan buni muhokama qilgani yo‘q, biroq u agar mukofot pul nazarda tutilgan bo‘lsa, bunga qarshi emas.

Amerikanskiy bombardirovshik B-52  - Sputnik O‘zbekiston
Tramp janjal bilan ketmoqda. AQSh Eronga zarba beradimi?

Jorjiya sudida kiberxavfsizlik xizmati xodimi apparatlar tomonidan hisoblangan ovozlar soni ro‘yxatga olingan saylovchilar sonidan oshgan deb turib oldi. Haqiqatdan shunday, Jorjiyada emas, balki Michiganda. Shu bilan birga go‘yoki qonunbuzarliklar qayd etilgan shaharlar ro‘yxatida asosan Minnesota aholi punktlari keltirilgan edi.

Pensilvaniyada, saylovlar yakuni uchun eng muhim bo‘lgan shtatda, prezident yuristlari sudlashishga uzoq tayyorlanishdi. Lekin mos dalillarni baribir to‘plamadi. Ayrim holatlarda advokatlarning o‘zi firibgarlik dalillari umuman yo‘qligini tan olishdi.

So‘nggi imkoniyat

AQSh prezidenti Donald Tramp tarafdorlari Stop the Steal norozilik namoyishida, Feniks, AQSh.
 - Sputnik O‘zbekiston
"O‘g‘rilikni to‘xtating" - Tramp tarafdorlari saylov natijalariga qarshi

O‘tgan hafta Texas shtati tomonidan boshlangan muhokama hal qiluvchi bo‘lishi taxmin qilingandi. “Ikkilanuvchi” Jordjiya, Michigan, Pensilvaniya va Viskonsin shtatlaridagi saylovlar natijalarini bekor qilish da’vosi Oliy sudga yo‘llandi. Texas prokurorini 17 ta shtat qo‘lladi.

Shikoyat aynan Oliy sudga berildi, zero u mintaqalar o‘rtasidagi bahslarni to‘g‘ridan to‘g‘ri, quyi instansiyalarga murojaat qilinmagan holda hal qiladi.

Ishonchli dalillar taqdim etilmadi. Oliy sud da’voni rad etdi. Bu kutilgan holat edi. Sudyalar orasida Tramp tomonidan tayinlanganlari borligi ham yordam bermadi.

Oxirgi marta Oliy sud 2000-yildagi saylovlar taqdirini hal qilgandi. O‘shanda Floridada kim g‘olib bo‘lgani aniq emas edi – demokrat Albert Gor yoki respublikachi kichik Jorj Bush. Bushning tug‘ishgan ukasi Jeb gubernatorlik qilayotgan shtat g‘alabani respublikachiga berdi. Ovozlar demokratlarning talabiga binoat qayta hisoblandi, har bitta bulleten, har bir ikir-chikir uchun kurash bordi. Lekin kimning qo‘lib baland kelganini hal qilishning iloji bo‘lmadi. Oxir-oqibat Oliy sud birinchi natijalarni tan olish to‘g‘risida qaror qildi. Saylovchilarning kam ovoziga qaramasdan Bush prezident bo‘ldi.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp undan saylovdagi g‘alabani o‘g‘irlashlariga yo‘l qo‘ymasligini aytdi

Hozirgi saylovlar arafasida ba’zilar bu holat takrorlanishi, Tramp tayinlagan sudyalar unga yon bosishidan xavfsirashgan edi. Ammo Oliy suddagi lavozim bir umrlik, shuning uchun sudyalarning kursi uchun minnatdorchilik bildirishlarining hojati yo‘q.

Saylovchilar hay’ati qarori

AQSh saylovlariga saylovchilar hay’ati yig‘ilishi nuqta qo‘ydi. Har bir shtat vakillari ovoz berdi. G‘alaba uchun 270 tadan ziyod ovoz to‘plash zarar edi.

Saylov tizimi tanqidchilari oddiy amerikaliklarning kam ovozini olganlar ham prezident bo‘lishi mumkinligini aytishadi.

Oltinchi yanvar kuni kongressning har ikki palatasi saylovchilar hay’atining ovoz berish natijalarini ko‘rib chiqishadi va faqat o‘shanda Baydenning uzil-kesil g‘alabasi haqida e’lon qilishadi. Ammo 3-yanvar kuni kongress tarkibi yangilanadi. Nazariy jihatdan Trampning mag‘lubiyatini hozircha tan olmaslik mumkin – va bu amaldagiprezidentning so‘nggi imkoniyati.

Yangiliklar lentasi
0