TOShKENT, 15 dek - Sputnik. Toshkent shahri "Sergeli" tumanining "Choshtepa" (1-bekat) hamda "Qipchoq" (5-bekat) hududlarida transport-o‘tkazgich bog‘lamalarini qurilish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, yil yakuniga qadar ishga tushirish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi "Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati.
Transport o‘tkazgich bog‘lamalarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yo‘lovchilarni bir transportdan, ikkinchi transportga o‘tish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat.
Mazkur turdagi transport-o‘tkazgich bog‘lamalarida, aholi uchun velosiped turargohlari, qishki kutish zallari, wi-fi zonalari, avtobus kelish vaqtini ko‘rsatib turuvchi maxsus tablo va boshqa qulayliklarni yaratish rejallashtirilgan
Shu bilan birga, 2021-yil uchinchi chorak yakuniga qadar 10 ta transport-o‘tkazgich bog‘lamalarini qurish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.