Rossiya

Oʻzbekiston va Rossiya yoqilgʻi-energetika sohasidagi istiqbolli loyihalarni koʻrib chiqdi

© Press-slujba Minenergo UzbekistanaMinistr energetiki Uzbekistana Alisher Sultanov provyol vstrechu s vnov naznachennыm ministrom energetiki RF Nikolayem Shulginovыm.
Ministr energetiki Uzbekistana Alisher Sultanov provyol vstrechu s vnov naznachennыm ministrom energetiki RF Nikolayem Shulginovыm. - Sputnik Oʻzbekiston
Moskvada Oʻzbekiston va Rossiya energetkia vazirlari energetika vazirlari yoqilgʻi-energetika sohasidagi istiqbolli loyihalarni koʻrib chiqdi.

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Oʻzbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov Moskva shahriga amaliy tashrifi chogʻida rossiyalik hamkasbi Nikolay Shulginov bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Uchrashuvda Sultonov Oʻzbekiston uchun Rossiya kompaniyalari bilan yoqilgʻi-energetika tarmogʻida hamkorlik qilish strategik ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaqtda tomonlar umumiy qiymati qariyb 22 mlrd dollar boʻlgan qator qoʻshma loyihalarni amalga oshirmoqda.

Alisher Sultanov, ministr energetika RUz - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston energetika sohasiga eng ilgʻor tajribalar joriy etiladi - Alisher Sultonov

Oʻzbekiston energetika kompaniyalarining ishlab chiqarish va moliyaviy jarayonlarini raqamlashtirish hamkorlikning yana bir muhim yangi yoʻnalishi hisoblanadi. 

“Uchrashuv chogʻida energetika vazirlari yoqilgʻi-energetika sohasidagi istiqbolli loyihalarni koʻrib chiqdilar. Ularning oliy darajadagi imzolash marosimiga tayyorgarlik holatini muhokama qildilar”, - deyilgan xabarda.

Ikki taraf ham mamlakatlar oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan hamda kelajakda yanada kengayish va rivojlanish uchun barcha imkoniyatlarga ega boʻlgan oʻzaro manfaatli munosabatlarni yuksak baholashi qayd etildi.

Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda Oʻzbekiston gidroenergetika sohasida Rossiya Tashqi iqtisodiy banki moliyaviy qoʻmagida 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Yangi mini GES (Dargʻom kanalida va Quyichotqol GES tarkibida)lar, amaldagi Farhod va Toʻpalang GESlarning modernizatsiyasi shular jumlasidan. Gidroenergetika sohasidagi yana bir qator loyihalar boʻyicha hamkorlik qilish masalasi muhokama qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala