Jamiyat

Oʻzbekistonda avtomobillarning elektron sugʻurtasi joriy etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPolis avtostraxovaniya
Polis avtostraxovaniya  - Sputnik Oʻzbekiston
2021 yil 1 martdan YE-polisni sotish, rasmiylashtirish amalga oshiriladi. YE-polis qogʻoz shaklidagi shartnomaga (polisga) tenglashtirildi.

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. “Elektron turdagi sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, elektron turdagi sugʻurta xizmatlari (YE-polis) yagona axborot tizimi tarkibida amalga oshiriladi.

2021 yil 1 iyulgacha yagona axborot tizimi tarkibida YE-polislarni sotish va rasmiylashtirish boʻyicha tegishli axborot modullari joriy etiladi.

Qaror bilan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha YE-polisni sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish qoidalari tasdiqlandi.

Unga koʻra, YE-polisni sotish, rasmiylashtirish elektron maʼlumot almashish orqali sugʻurta qildiruvchi bilan sugʻurta tashkiloti oʻrtasida amalga oshiriladi.

2021 yil 1 martdan Moliya vazirligi sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha YE-polisni sotish, rasmiylashtirishni amalga oshiradi.

YE-polis qogʻoz shaklidagi shartnomaga (polisga) tenglashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala