Amaldorlarga ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochish majburiyati yuklanishi mumkin

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishFacebook feysbuk logo
Facebook feysbuk logo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AOKA davlat idoralarining rahbarlariga ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda o‘z rasmiy sahifasini ochish majburiyatini yuklashni taklif qilmoqda.

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. O‘zbekistonda davlat idoralarining turli darajadagi rahbarlariga ko‘plab foydalanuvchilarga ega ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda o‘z rasmiy sahifasini ochish majburiyati yuklanishi mumkin. Bu Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi muhokama qo‘ygan “Davlat organlari faoliyatini yoritish uchun ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasida so‘z borgan.

Loyihada yozilishicha, davlat idoralarining axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, jumladan o‘z faoliyatini keng-ko‘lamda tezkor yoritish ishlari qoniqarsiz deb topilgan.

Shu sabab davlat idoralari axborot siyosati sohasidagi faoliyatini qayta ko‘rib chiqish hamda 10 muddatda o‘z tuzilmalaridagi mavjud shtat birliklari doirasida axborot xizmatini shaxsan birinchi rahbarga bo‘ysunadigan mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida tashkil (qayta tashkil) taklif qilinmoqda.

2021 yil 1-fevraldan boshlab shunday tartib o‘rnatish taklifi ilgari surilmoqda:

  • davlat idoralari faoliyatini doimiy yoritib borish hamda amalga oshirilayotgan loyihalarni jamotchilikka tezkor va tushunarli yetkazib berish orqali tashkilotning ijobiy imijini shakllantirishga doir vazifalarni amalga oshirish jarayonida hamorlikda ishlovchi jurnalist va foydalanuvchilar soni yuqori bo‘lgan blogerlardan iborat “Media pul” tashkil etish;
  • jurnalistlarning akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi yozma va elektron murojaatlari davlat idoralari tomonidan tegishli murojaat olingan kundan boshlab ko‘pi bilan uch ish kunida ko‘rib chiqilishi belgilanishi;
  • davlat idoralari o‘zlarining jamoatchilik kengashlari faoliyati va a’zolar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqishi va jamoatchilik kengashlari tarkibiga kamida bir nafardan faol jurnalist va/yoki blogerni kiritish choralari ko‘rishi;
  • AOKA tomonidan OAV, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlarning monitoringi natijasida aniqlangan davlat idoralari faoliyatiga taalluqli, aholining keng qatlami ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi material va ma’lumotlarga davlat idoralarining tezkor munosabat bildirish muddati bir kun qilib belgilash;
  • davlat idoralari har chorakda kamida bir marta OAV va blogerlar uchun ochiq bo‘lgan matbuot konferensiyalari, brifinglar tashkil etish va intervyular, savol-javoblar o‘tkazish yo‘li bilan jamoatchilikka doimiy hisobot berib borishi;
  • davlat idoralarining turli darajadagi rahbarlari “Facebook”, “Twitter”, “Instagram”, “Telegram” kabi ko‘plab foydalanuvchilarga ega ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarda o‘z rasmiy sahifalarini ochishi va ularni belgilangan tartibda verifikatsiya qilish choralarini ko‘rish;
  • davlat idoralarining birinchi darajali rahbarlari axborot xizmatlari bilan birgalikda Internet tarmog‘idagi “Wikipedia” mustaqil internet-ensiklopediyasida alohida veb-sahifa ochib, o‘zi boshqarayotgan davlat idorasi va o‘zining mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zbek, rus, ingliz tillarida joylashtirishi;

Shuningdek, 2021-yil yakuniga qadar ishlovchi mobil ilovalarni ishga tushirish hamda mazkur ilovalardagi axborot, ma’lumotlar bazasini ochiq ma’lumotlar portali (opendata.gov.uz) bilan integratsiya qilish choralarini ko‘rish taklif qilinmoqda.

Davlat idoralarining rahbar xodimlari o‘z rasmiy sahifalarida hafta davomida kamida uch marta boshqaruvidagi davlat idorasi faoliyatiga daxldor bo‘lgan axborotni joylashtirib borishi shartligi ham belgilanmoqdv. Mazkur sahifalar orqali jamoatchilik fikrini o‘rganib, murojaat va savollarga javob berib borilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0