Muftiy Usmonxon Alimov otinoyilarga murojaat qildi - gap nima haqda bormoqda

© Mejdunarodniy press-klubUsmonxon Alimov - Predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana, muftiy
Usmonxon Alimov - Predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana, muftiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov o‘z suhbatlarida faqat do‘zax azobi, Qiyomat dahshati haqida gapirayotgan, dinni oson qilib yetkazish  o‘rniga qo‘rqitish yo‘lini tutgan otinoyilar va hatto folbinlik bilan shug‘ullanib otinoyilikni da’vo qiladiganlarga murojaat yo‘lladi

TOShKENT, 16 dek - Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov mamlakatdagi otinoyilarga murojaat qildi. Murojaat matni O‘zbekiston Musulmonlar diniy idorasi rasmiy veb-saytida e’lon qilingan.

Usmonxon Alimov vo vremya vizita v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Usmonxon Alimov navbatdagi bor dunyoning eng obro‘li musulmonlari ro‘yxatiga kiritildi

Murojaatda ayrim otinoyilar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan ba’zi xatoliklardan misollar keltirilgan.

Xususan, ba’zi otin­oyilar yetarli bilimga ega bo‘lmagani holda diniy rasm-rusumlarga boshchilik qilish orqali ularga ergashuvchilarni ham zalolatga boshlashayotgani aytilgan. "Mana shundan otinoyilarimiz ehtiyot bo‘lishlari kerak", deyiladi matnda.

Shuningdek, ayrim otinoyilar suhbatlarida faqat do‘zax azobi, qabr hayoti va Qiyomat dahshati yoki jahannam vasfi haqida gapirib, qalbga vahima yoki hayratga solishlariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, xatoliklarga yo‘l qo‘yayotgan otinoyilar sifatida dinni oson qilib yetkazish  o‘rniga amallarni mushkul qilib izohlash, qo‘rqitish yo‘lini tutganlar borligi aytilgan. Folbinlik bilan shug‘ullanadiganlar orasida otinoyilikni da’vo qiladiganlari borligiga e’tibor qaratilgan.

Usmonxon Alimov - Predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana, muftiy - Sputnik O‘zbekiston
Usmonxon Alimov diniy marosimlarni o‘tkazish tartibi haqida bayonot bilan chiqdi

Ko‘plab otinoyilar esa O‘zbekiston musulmonlari hanafiy mazhabiga rioya etishlarini inobatga olmay, o‘zlari turli adabiyotlardan o‘qigan yoki eshitgan fikrlarni gapirib, kishilar orasida ixtiloflarni keltirib chiqarishayotgani qo‘shimcha qilingan.

Shu nuqtayi nazardan otinoyilarga ayrim muhim vazifalar taqdim etilgan:

  • otinoyi Islom dini mohiyatini to‘liq tushuna bilishi, moturidiy aqidasi, hanafiy mazhabi haqida mukammal ma’lumotga ega bo‘lishi va o‘z faoliyatida bularni mahkam tutishi, Qur’oni karimni tajvid bilan o‘qiy olishi juda ham zarur.
  • otinoyilar o‘zbek xalqi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tinchlik va barqarorlikning qadriga yetishni, dunyoda kechayotgan o‘zgarishlar, yuz berayotgan noxush voqealarning asl sabablarini to‘g‘ri tushunib, xalqqa to‘g‘ri yetkaza olishlari lozim.
  • ayollar o‘rtasidagi ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, hanafiy mazhabi ta’limotiga zid bo‘lgan holatlarga qarshi turish zarur. Xususan, xotin-qizlar orasida uchraydigan folbinga borish kabi bid’at-xurofotlarga barham berish yo‘lida otinoyilar tinmay tashviqot ishlarini olib borishlari bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
  • aholi orasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini olib borishda masjidlardagi imom-xatiblarning alohida o‘rni bor. Bugungi otinoyi­lar imom-xatiblarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari sifatida ana shu imom-xatiblar bilan har bir ishni maslahatlashgan holda hamjihatlikda  faoliyat olib borishlari kerak.
  • mana shunday ishlarni to‘g‘ri ado etishda otinoyilarga Diniy idora Fatvo bo‘limi tomonidan e’lon qilinadigan juma tezislari juda ham qo‘l keladi. Har haftalik juma mav’izalarini avval o‘zlari to‘g‘ri o‘zlashtirib, keyin ayol-qizlarga yetkazsalar, juda ham to‘g‘ri va maqsadga muvofiq ish bo‘ladi.

"Otinoyilar yuqorida aytilgan talablarga javob bera olsalar, turli bid’at va xurofotlardan xalqimiz va yoshlarimiz ongini muhofaza etsalar, dinimizning asl mohiyatini to‘g‘ri yetkazib bera olsalar, mamlakatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan bo‘ladilar. Eng muhimi, xalq orasida hurmatli insonlarga aylanadilar. Men ishonamanki, muhtarama otinoyilarimizning ish tajribalari, kuch-quvvatlari va salohiyatlari qo‘yilgan vazifalarni ijro etishga yetadi, insho Alloh", - deyiladi otinoyilarga murojaat yakunida.

Yangiliklar lentasi
0