Dunyoda

Nazarboyev: men Turkiston davlatlari ittifoqini tuzish gʻoyasidan bosh tortgan edim

© Sputnik / YU. IvanovPrezident Rossii Boris Yeltsin (sleva) i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na press-konferentsii posle podpisaniya deklaratsii ob obrazovanii Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv
Prezident Rossii Boris Yeltsin (sleva) i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na press-konferentsii posle podpisaniya deklaratsii ob obrazovanii Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv - Sputnik Oʻzbekiston
Yelbasi taʼkidiga koʻra, ushbu ittifoq insonlarning milliy kelib chiqishi boʻyicha ajralishni anglatardi va buning ortidan ulkan muammolar yuzaga kelishi tayin edi

TOSHKENT, 16 dek – Sputnik. Qozogʻistonning birinchi prezidenti "Portretga chizgilar" hujjatli filmining ikkinchi seriyasi efirida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi qanday tashkil topgani tarixi haqida soʻzlab berdi, deb yozadi Sputnik Qozogʻiston.

Eks-prezident SSSR Mixail Gorbachev pered nachalom voyennogo parada, posvyaщyonnogo 74-y godovщine Pobedы v Velikoy Otechestvennoy voyne. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Gorbachyov oʻz xatolarini qanday baholaydi

"Biz oʻzi shundoq ham amalda mustaqil edik, chunki boshqa hamma bizdan mustaqil boʻlgan. Rossiya oʻzini mustaqil deb eʼlon qildi. U SSSR oʻzagi edi. U signal bergach, hamma eʼlon qila boshladi. Biz yolgʻiz va mustaqilligimizcha qoldik. Hech qanday urush, mushtlashuvlarsiz. Shunday davlat tepasida boʻlib qoldim. Boshqalar ham xuddi shunday vaziyatda edi. Lekin bizni sharoit ogʻirroq edi. Bundan chiqish kerak edi", - deb hikoya qilgan Nazarboyev.

Qozogʻiston birinchi prezidentining xotirlashicha, 1991 yilda eng asosiy vazifa orttirilgan mustaqillikni saqlab qolish boʻlgan. Nazarboyev unga Ashxobodda Turkiston davlatlari ittifoqini tashkil etish taklifi bildirilganini yodga oladi.

"Men bu gʻoyadan voz kechdim. Bu etnik masala tufayli ajralishni anglatardi. Bunaqasi ketmaydi, dedim. Shuncha yillar davomida birdam yashab, endi bunday ittifoqni tashkil etsak - toʻqnashuvlar va oʻzaro tushunmovchilik yuzaga kelishi muqarrarligini aytdim. Oʻshanda Yeltsin bir necha marotaba qoʻngʻiroq qilgan. Moskvada biz biror qarorga kelgan-kelmaganimiz borasida juda tashvish tortishardi", - degan Nazarboyev.

Rukovoditel fraktsii LDPR v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy vыstupayet na plenarnom zasedanii Gosdumы RF. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
"Respublikalarga oʻrin yoʻq": Jirinovskiy SSSR hududlarini qaytarish zarurligi haqida gapirdi

Aytishicha, u Boris Yeltsinga Almatida oʻn kundan keyin uchrashishni taklif qilgan. Aynan oʻsha kuni Mustaqil Hamdoʻstlik Davlatlari tashkil topgan.

"Sal oldingi voqea. Biz oldindan toʻplanib, kelishganmiz. Qozogʻiston, Rossiya, Ukraina. Nima qilish kerak, degan masala oʻrtaga tashlangan edi. Atrofda hammasi barham topayotgandi-da. Shunda SSSR iqtisodiyotining asosiy qismi toʻplangan toʻrtta davlat ittifoqini eʼlon qilish gʻoyasi tugʻildi. Keyin esa boshqalarga - istasangiz, qoʻshiling, demoqchi edik. Boshqalarni ham nazarda tutuvchi yangi ittifoqni yaratish edi, maqsad. Ammo bunday taklif bilan Gorbachyovning oldiga kim ham borardi? Yeltsin bosh tortdi, Ukraina prezidenti ham rad etdi. Hibsga olishlaridan qoʻrqdi. Meni yuborishdi", - deb hikoya qiladi Nazarboyev.

Uning aytishicha, Gorbachyov bu gʻoyadan voz kechgan, uning mualliflari davlat toʻntarishi uyushtirishmoqchi ekanligini taxmin qilgan.

"Belovej, almati bitimlari - buning natijasi. MDH shunday tashkil topgan. 1994 yilda u ishlamayapti, degan fikrga yaqin keldik. U hozir ham ishlamayapti, garchi MDH barham topmagan, prezidentlar uchrashib turishgan boʻlsa ham. Shundan keyin men Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida yanada yaqinroq integrallashuvni taklif qilgan edim", - degan Yelbasi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala