Nazarboyev: men Turkiston davlatlari ittifoqini tuzish g‘oyasidan bosh tortgan edim

© Sputnik / Yu. IvanovPrezident Rossii Boris Yelsin (sleva) i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na press-konferensii posle podpisaniya deklaratsii ob obrazovanii Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv
Prezident Rossii Boris Yelsin (sleva) i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na press-konferensii posle podpisaniya deklaratsii ob obrazovanii Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yelbasi ta’kidiga ko‘ra, ushbu ittifoq insonlarning milliy kelib chiqishi bo‘yicha ajralishni anglatardi va buning ortidan ulkan muammolar yuzaga kelishi tayin edi

TOShKENT, 16 dek – Sputnik. Qozog‘istonning birinchi prezidenti "Portretga chizgilar" hujjatli filmining ikkinchi seriyasi efirida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi qanday tashkil topgani tarixi haqida so‘zlab berdi, deb yozadi Sputnik Qozog‘iston.

Eks-prezident SSSR Mixail Gorbachev pered nachalom voyennogo parada, posvashonnogo 74-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne. - Sputnik O‘zbekiston
Gorbachov o‘z xatolarini qanday baholaydi

"Biz o‘zi shundoq ham amalda mustaqil edik, chunki boshqa hamma bizdan mustaqil bo‘lgan. Rossiya o‘zini mustaqil deb e’lon qildi. U SSSR o‘zagi edi. U signal bergach, hamma e’lon qila boshladi. Biz yolg‘iz va mustaqilligimizcha qoldik. Hech qanday urush, mushtlashuvlarsiz. Shunday davlat tepasida bo‘lib qoldim. Boshqalar ham xuddi shunday vaziyatda edi. Lekin bizni sharoit og‘irroq edi. Bundan chiqish kerak edi", - deb hikoya qilgan Nazarboyev.

Qozog‘iston birinchi prezidentining xotirlashicha, 1991-yilda eng asosiy vazifa orttirilgan mustaqillikni saqlab qolish bo‘lgan. Nazarboyev unga Ashxobodda Turkiston davlatlari ittifoqini tashkil etish taklifi bildirilganini yodga oladi.

"Men bu g‘oyadan voz kechdim. Bu etnik masala tufayli ajralishni anglatardi. Bunaqasi ketmaydi, dedim. Shuncha yillar davomida birdam yashab, endi bunday ittifoqni tashkil etsak - to‘qnashuvlar va o‘zaro tushunmovchilik yuzaga kelishi muqarrarligini aytdim. O‘shanda Yelsin bir necha marotaba qo‘ng‘iroq qilgan. Moskvada biz biror qarorga kelgan-kelmaganimiz borasida juda tashvish tortishardi", - degan Nazarboyev.

Rukovoditel fraksii LDPR v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy vistupayet na plenarnom zasedanii Gosdumi RF. - Sputnik O‘zbekiston
"Respublikalarga o‘rin yo‘q": Jirinovskiy SSSR hududlarini qaytarish zarurligi haqida gapirdi

Aytishicha, u Boris Yelsinga Almatida o‘n kundan keyin uchrashishni taklif qilgan. Aynan o‘sha kuni Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlari tashkil topgan.

"Sal oldingi voqea. Biz oldindan to‘planib, kelishganmiz. Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina. Nima qilish kerak, degan masala o‘rtaga tashlangan edi. Atrofda hammasi barham topayotgandi-da. Shunda SSSR iqtisodiyotining asosiy qismi to‘plangan to‘rtta davlat ittifoqini e’lon qilish g‘oyasi tug‘ildi. Keyin esa boshqalarga - istasangiz, qo‘shiling, demoqchi edik. Boshqalarni ham nazarda tutuvchi yangi ittifoqni yaratish edi, maqsad. Ammo bunday taklif bilan Gorbachovning oldiga kim ham borardi? Yelsin bosh tortdi, Ukraina prezidenti ham rad etdi. Hibsga olishlaridan qo‘rqdi. Meni yuborishdi", - deb hikoya qiladi Nazarboyev.

Uning aytishicha, Gorbachov bu g‘oyadan voz kechgan, uning mualliflari davlat to‘ntarishi uyushtirishmoqchi ekanligini taxmin qilgan.

"Belovej, almati bitimlari - buning natijasi. MDH shunday tashkil topgan. 1994-yilda u ishlamayapti, degan fikrga yaqin keldik. U hozir ham ishlamayapti, garchi MDH barham topmagan, prezidentlar uchrashib turishgan bo‘lsa ham. Shundan keyin men Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida yanada yaqinroq integrallashuvni taklif qilgan edim", - degan Yelbasi.

Yangiliklar lentasi
0