Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Iqtisod

Agar Oʻzbekiston YEOIIga qoʻshilsa, bu Qirgʻiziston uchun ham foydali boʻladi – Sazbakov

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovSpetsialnыy predstavitel pravitelstva KR po delam v Yevraziyskom ekonomicheskom soyuze Almaz Sazbakov
Spetsialnыy predstavitel pravitelstva KR po delam v Yevraziyskom ekonomicheskom soyuze Almaz Sazbakov - Sputnik Oʻzbekiston
YEOII masalalari boʻyicha Qirgʻiziston hukumatining maxsus vakili Almaz Sazbakov Oʻzbekistonning ittifoqda kuzatuvchi maqomini olishi munosabati bilan Qirgʻiziston ichki biznesi nimalarga tayyorgarlik koʻrish kerakligi borasida oʻz fikrlarini aytdi.

Sputnik Qirgʻiziston radiosi bilan oʻtkazgan suhbatda Sazbakov Oʻzbekistonning YEOIIga ehtimoliy qoʻshilishi Qirgʻiziston uchun afzalliklar va xatarlar mavjudligini taʼkidladi.

Flagi gosudarstv-chlenov Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Oʻzbekiston YEOII ostonasida: respublikani nima kutmoqda va Tojikiston unga ergashadimi?

"Muayyan segmentlarda Oʻzbekiston bizga raqobatdosh, garchi nafaqat bizga, balki Qozogʻiston, Armaniston va Belarusga ham. Qoʻrquv – ish emas, ishlash kerak. Yangi bozorlar ochilishiga tayyorgarlik koʻrish kerak, Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik bozor. Bu korxonalarimiz uchun imkoniyat, qoʻshni davlat Qirgʻizistondan koʻp narsani import qiladi. Agar yagona, uygʻunlashtirilgan hudud, yagona texnik reglament boʻlsa, eksportga oid hozirda aniq boʻlmagan koʻplab masalalar hal qilinadi. Bu nafaqat janubda, balki shimoldagi ishlab chiqaruvchilar uchun signal. Bizning koʻplab sut mahsulotlarimiz Qozogʻistonga ketadi va Oʻzbekiston ham yaxshi bozor", - dedi Sazbakov.

Uning soʻzlariga koʻra, Qirgʻiziston - kichik, ammo mobil davlat va uning ichki biznesi tezda yangi sharoitga moslashishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala