Rossiyada migrantlar soni deyarli ikki barobar kamaydi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPosadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan
Posadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya IIV rasmiy bayonotiga ko‘ra, qaydga olingan mehnat migrantlarining aksariyati patent asosida ishlashadi.

TOShKENT, 16 dek - Sputnik. Rossiyadagi migrantlar soni ayni vaqtda 6 millionga yaqin kishini tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti Rossiya IIVdan olingan ma’lumotlar asosida.

Migranti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qurilishlaridagi migrantlar yetishmasligi rossiyalik ayollar bilan to‘ldirilishi mumkin

Idora ma’lumotlarida aytilishicha, bu raqam odatda 11 million kishiga yetishi mumkin.

"Rossiya Federatsiyasida yiliga 9-11 million atrofida chet el fuqarolari bo‘lib turadi. Joriy yilda ularning soni sekin-asta kamayib bordi va ayni vaqtda taxminan 6 million kishini tashkil etmoqda", - deyiladi tegishli so‘rovga yuborilgan javobda.

Shu bilan birga ularning bir millionga yaqinida vaqtinchalik yashashga ruxsat hujjati yoki VNJ bor, deb ta’kidlanadi xabarda.

Idora, shuningdek, qaydga olingan mehnat migrantlarining aksariyati patentlar asosida ishlashini qo‘shimcha qilgan.

Prezident Torgovo-promishlennoy palati RF Sergey Katirin - Sputnik O‘zbekiston
Katirin: mehnat migrantlarisiz Rossiyada sanoat obyektlari turib qolmoqda

"2020 yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida patent asosida 1,3 million nafar chet el fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirmoqdalar (o‘tgan yil joriy davrda bu ko‘rsatkich — 1,7 millionni tashkil etgan), 85 ming nafarida ishlash huquqini beruvchi hujjat bor. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zo-davlatlari fuqarolari bilan 368 ming (508 ming) mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalari tuzilgan", — deyiladi IIV xabarida.

Bundan tashqari, Rossiyada chet el fuqarolarining eng ko‘p qismini - yirik shahar va iqtisodiy markazlardagi mehnat migrantlari tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0