Dunyoda

Tramp: taslim boʻlishga juda erta

© AP Photo / Julio CortezPrezident SSHA Donald Tramp
Prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq respublikachilarning senatdagi yetakchisi Mitch Makkonnell prezident saylovlarida Jo Bayden gʻalabasini tan olgan edi.

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp respublikachilarning senatdagi yetakchisi Mitch Makkonnell tomonidan prezident saylovlarida Jo Bayden gʻalabasi tan olingan soʻng taslim boʻlishga hali juda ertaligini maʼlum qildi.

15 dekabr kuni Makkonnell saylovchilar hayʼatining ovoz berish yakuniga koʻra Bayden saylanganini tan oldi va saylangan prezidentni tabrikladi.

Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Nima boʻlsa ham Bayden. Revansh olishga Trampga nima xalal berdi

“Tramp ittifoqdoshlari Baydenni tabriklaganlik uchun Mitch Makkonnellni tanqid qilishmoqda... Mitch, 75 millionta ovoz, amaldagi prezident uchun rekord. Taslim boʻlishga juda erta. Respublikachilar axiyri  kurashishni oʻrganishlari kerak. Odamlarda gʻazabda”, - deya yozdi Tramp Twitter᾽da.

AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden saylovchilar hayʼatining (Electoral College) 306 ta ovoziga ega boʻlgan. Prezidentlikka saylanish uchun ularning 270 ovozi yetarli hisoblanadi.

Shu tariqa saylovchilar hayʼati mamlakatda boʻlib oʻtgan ovoz berish yakunlarini tasdiqladi, unga koʻra Jo Bayden AQShning 46-prezidenti boʻladi. Buni Kongress 6 yanvar kuni rasmiyatchilik yuzasidan tasdiqlashi kerak. Donald Tramp hozirgacha magʻlubiyatni tan olmayapti.

Jo bayden 20 yanvardan prezidentlik vazifasini bajarishga kirishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader