"Hayratlanarli oʻzgarishlar": Rossiya elchisi Chinozdagi yangilangan qishloqqa baho berdi

© Press-slujba Narodnoy priyemnoy RUzSelo Eshonobod v Tashkentskoy oblasti
Selo Eshonobod v Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev qishloq-xotin qizlarining dala bilan bogʻliq boʻlmagan kasb-korlarga oʻqitilib, ish bilan taʼminlanayotganini yuqori baholab, "bu ular oldida kelajak eshiklarini ochadigan ish", deya taʼkidladi

TOSHKENT, 16 dek - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston Respublikalarining Oʻzbekistondagi elchilari Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi yangi qiyofaga kirgan Eshonobod qishlogʻida mehmonda boʻldilar, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

© Press-slujba narodnoy priyomnoy RUzPosol RF pobыval v Tashkentskoy oblasti
Hayratlanarli oʻzgarishlar: Rossiya elchisi Chinozdagi yangilangan qishloqqa baho berdi - Sputnik Oʻzbekiston
Posol RF pobыval v Tashkentskoy oblasti

"Obod qishloq" dasturi doirasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari tufayli hududda yashayotgan qariyb 3 ming nafardan ziyod aholi hayotida katta oʻzgarishlar yuz bergan - "Eshonobod" bamisoli moʻʼjaz shaharcha koʻrinishini olgan.

Qishloqning Fayzobod koʻchasida qad rostlagan zamonaviy mahalla markazi diplomatik korpus vakillarida katta qiziqish va taassurot uygʻotdi.

Ulugbek Muxammadiyev, pervыy zamestitel sovetnika prezidenta RUz - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Muhammadiyev: "Obod qishloq", "Obod mahalla" dasturlari dunyoda oʻxshashi yoʻq, noyob tizim

"Men hozir bu yerda koʻrib turganlarimdan juda ham hayratdaman. Menga siz bu yerda oʻn yil oldin boʻlgansiz, deyishdi. Taniy olmadim. Nazarimda, bu yer mutlaqo boshqa joy. Ajoyib, aynan qishloq hayotiga mos binolar qad rostlagan. Hamma kerakli idoralar bir joyda. Muhimi, fuqarolar haqida qaygʻurganlikni koʻrish mumkin bu oʻzgarishlarda", - deya oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev "Oʻzbekiston 24" kanaliga bergan intervyusida.

Qishloqda yangi barpo etilgan madaniyat saroyida mashgʻulotlarni boshlab yuborgan eshonobodlik sanʼatsevar yoshlar mehmonlarni oʻzlarining ijod namunalari bilan kutib oldi.

Rossiya elchisi soʻzlariga koʻra, qishloqdagi sport saroyi kabi joy hatto baʼzi shahar tumanlarida ham yoʻq.

Aholini, ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash orqali ularning turmush farovonligini oshirish "Obod qishloq" dasturining bosh maqsadlaridan biri. Endilikda qishloqda yashovchi chevarlar zamonaviy tikuv korxonalarida mehnat qilib, roʻzgʻoriga baraka kiritmoqda.

Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev qishloq-xotin qizlarining dala bilan bogʻliq boʻlmagan kasb-korlarga oʻqitilib, ish bilan taʼminlanayotganini yuqori baholab, "bu ular oldida kelajak eshiklarini ochadigan ish", deya taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala