Siyosat

Oʻzbekiston prezidenti Nazarboyev va Toqayevga tabrik yoʻlladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu
Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonning birinchi prezidenti va respublikaning amaldagi prezidentini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonning birinchi prezidenti - elboshi Nursulton Nazarboyev va Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

29 yil ilgari, 1991 yil 16 dekabr kuni respublika Oliy kengashi mustaqillik va Qozogʻiston davlat suvereniteti toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilgan edi.

2020 yilda koronavirus pandemiyasi sabab Qozogʻistonda ommaviy sayr va turli tadbirlar taqiqlangan. Qozogʻistonliklar bayramga bagʻishlangan kontsert dasturini respublika telekanallarida tomosha qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader