Xitoydan elektrovozlarning birinchi partiyasi olib kelindi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaIz KNR v Uzbekistan pribila pervaya partiya elektrovozov
Iz KNR v Uzbekistan pribila pervaya partiya elektrovozov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil oxiriga qadar elektrovozlarning 3-partiyasini, ya’ni 3ta yuk elektrovozlarini olib kelish rejalashtirilgan. 2021-yilda esa shartnomada belgilangan qolgan 13ta yuk va 5ta yuk-yo‘lovchi elektrovozlar olib kelinadi.

TOShKENT, 17 dek - Sputnik. Bugun, 17-dekabr kuni Xitoydan O‘zbekistonga zamonaviy va yuqori quvvatga ega bo‘lgan yuk va yo‘lovchi lokomotivlarining birinchi partiyasi - ya’ni 3ta yuk va 1ta yuk-yo‘lovchi lokomotivi hmda ularning ehtiyot qismlari olib kelindi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Yermak yuk tashuvchi elektrovoz - Sputnik O‘zbekiston
"Yermak" O‘zbekistonga nimasi bilan ma’qul keldi?

Mazkur jarayon Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Lokomotivlarni sotib olish yo‘li bilan lokomotivlar parkini yangilash" loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Hammasi bo‘lib O‘zbekistonga 30ta zamonaviy elektrovozlar va ular uchun kerakli bo‘lgan ehtiyot qismlarni olib kelish rejalashtirilgan.

"Yangi olib kelinayotgan lokomotivlar yo‘lovchilar va yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shu jumladan murakkab tog‘li hududlarda og‘ir yuklarni tashish quvvatiga ham ega", deb ta’kidladi tantanali tadbir davomida "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Husnutdin Hasilov.

Yaqin kunlarda yangi elektrovozlarning 2-partiyasida yana 5 dona (3ta yuk va 2ta yuk-yo‘lovchi) elektrovozlarini olib kelish kutilmoqda.

Trexsekssionnie gruzovie elektrovozi Yermak dlya Uzbekistan temir yullari - Sputnik O‘zbekiston
"Yermak yukdan qo‘rqmaydi": eng kuchli lokomotivlar O‘zbekistonga yetib keldi

2020 yil oxiriga qadar elektrovozlarning 3-partiyasini, ya’ni 3ta yuk elektrovozlarini olib kelish rejalashtirilgan. 2021-yilda esa shartnomada belgilangan qolgan 13ta yuk va 5ta yuk-yo‘lovchi elektrovozlar olib kelinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2015-yil 6-martdagi qarori bilan "2015-2019 yillar uchun muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish to‘g‘risida"gi qarori bilan "Lokomotivlar parkiga 24 dona lokomotiv sotib olish yo‘li bilan yangilash" loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

2019 yilda OTB bilan loyiha uchun 170 million AQSh dollari miqdorida kredit shartnomasi imzolandi.

2019 yil 17-iyulda xalqaro tenderlar natijalari bo‘yicha CNTIC-CRRC-DRLOCO konsorsiumi bilan ikkita kuzovli 24ta elektrovozni (16ta yuk va 8ta yuk-yo‘lovchi) olib kelish bo‘yicha 134,6 million AQSh dollari miqdorida shartnoma imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0