Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Migrantlar Morgenshternga qanday qilib pul ishlash mumkinligi haqida “dars oʻtdi”

© Twitter/WildWildMoscowTsepi, plov i Balenciara: dvorniki iz Moskvы perepeli Morgenshterna - video
Tsepi, plov i Balenciara: dvorniki iz Moskvы perepeli Morgenshterna - video - Sputnik Oʻzbekiston
Moskva shahridagi Altufyevo tumanida ishlaydigan dvorniklar rossiyalik reper Morgenshternning “Cadillac” qoʻshigʻiga remeyk klip tayyorlashdi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Moskva shahridagi Altufyevo tumanida ishlaydigan dvorniklar rossiyalik reper Morgenshternning “Cadillac” qoʻshigʻiga remeyk klip tasvirga olishdi.

Ayni vaqtda klip ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalmoqda.

Rolikda migrantlar hashamatli avtomashinalar oʻrniga velosiped, arava va kuraklardan foydalanishgan.

Bu video ostida internet foydalanuvchilari koʻplab ijobiy izohlar qoldirib, kommunal xizmat koʻrsatish ishchilarining ijod namunasiga yuqori baho berishdi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada rossiyalik reper Alisher Morgenshtern Buxoro shahriga kelib, “Mercedes-Benz E 200” avtomashinasini buxorolik Azim Abdullayevga sovgʻa qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala