Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Namanganda ayanchli YTH: olti kishi tiriklayin yonib ketdi

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaStrashnoye DTP v Namangane uneslo jizni 6-ti chelovek, vklyuchaya troix detey
Strashnoye DTP v Namangane uneslo jizni 6-ti chelovek, vklyuchaya troix detey - Sputnik Oʻzbekiston
Namangan shahrida “MAN” yuk mashinasi va “Neksiya” toʻqnashib ketdi. YTH oqibatida olti kishi, jumladan, uch bola qurbon boʻldi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Namangan viloyati Namangan shahrida “MAN” yuk mashinasi va “Neksiya” ishtirokida ayanchli yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi.

Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga koʻra, YTH 16 dekabr kuni soat 16:30larda shahardagi I.Karimov-Istiqlol koʻchalari kesishgan "Fazo" chorrahasida sodir boʻlgan. “MAN” yuk mashinasi haydovchisi A.A. harakatlanayotib chorrahadan N.M. boshqaruvidagi “Neksiya” bilan toʻqnashgan.

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaNamanganda ayanchli YTH: olti kishi tiriklayin yonib ketdi
Namanganda ayanchli YTH: olti kishi tiriklayin yonib ketdi - Sputnik Oʻzbekiston
Namanganda ayanchli YTH: olti kishi tiriklayin yonib ketdi

Toʻqnashuv natijasida yongʻin kelib chiqqan. “Neksiya”da boʻlgan 42 yoshli haydovchi N.M, uning 39 yoshli rafiqasi M.X., haydovchining 13, 10 yoshli farzandlari M.B. va A.B., yoʻlovchi boʻlgan 34 yoshli G.SH. va 7 yoshli M.SH.lar hodisa joyida yonib ketib vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala