Jamiyat

Oʻzbekiston oʻyinda: ArMI-2021 qachon oʻtkazilishi maʼlum boʻldi

2021-Xalqaro armiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tashkiliy-qoʻmita aʼzolari ishtirokida konferentsiya onlayn formatda boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. 2021-Xalqaro armiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish  tashkiliy-qoʻmita aʼzolari ishtirokida konferentsiya onlayn formatda boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi "Zvezda" telekanali.

Bolelщiki raduyutsya pobede sbornoy Uzbekistana v konkurse Tankovыy biatlon - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
ArMI-2020: Oʻzbekiston umumjamoa hisobida nechanchi oʻrinni egalladi
ArMI-2021 22 avgustdan 4 sentyabrgacha boʻlib oʻtadi. 95ta davlat Oʻyinlarda qatnashish uchun taklif qilindi.

15 davlat hududida jami 34 ta xalqaro musobaqa oʻtkazish rejalashtirilgan.

Ayni vaqtda 20 ta mamlakat murojaat qilgan. ARMI-2021 bosqichlarini oʻtkazish uchun Ozarbayjon, Jazoir, Armaniston, Belarus, Vyetnam, Eron, Hindiston, Isroil, Xitoy, Qatar, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Pokiston, Rossiya, Serbiya, Oʻzbekiston va Shri-Lanka davogarlik qilmoqda.

Uchrashuvda nafaqat ishtirokchi davlatlar sonini, balki armiya musobaqalari turlarini ham koʻpaytirish taklif qilindi.

ArMI-2021da 45 tadan ortiq mamlakatdan 260 ta jamoa qatnashishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston jamoasi 23 avgustdan 5 sentyabrga qadar boʻlib oʻtgan Xalqaro armiya oʻyinlarida umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, oʻzbek harbiylari qator yoʻnalishlarda rekord natijalarni qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala