Prezident energiyadan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda tabiiy gaz va ko‘mir ta’minotida noqonuniy xarakatlarga yo‘l qo‘yilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida qishga tayyorgarlikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hal etish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari tanqidiy tahlil qilindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, tabiiy gaz va ko‘mir ta’minotida noqonuniy xarakatlarga yo‘l qo‘yilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Gazovaya konforka - Sputnik O‘zbekiston
Sergeli tumanida aholi uchun mo‘ljallangan tabiiy gaz o‘g‘irlandi

Misol uchun, Muborakda g‘isht ishlab chiqarish zavodi yer ostidan o‘tgan gaz quvuriga noqonuniy ulanib, 4,3 million kub metr gazni talon-toroj qilgan. Bu 8 mingta xonadonning bir oylik gaz ta’minotidir.

Shuningdek, joriy yilda 74 ta tumandagi yirik gaz tarmoqlariga zamonaviy o‘lchagichlar o‘rnatilgani natijasida 2 mingdan ziyod ulgurji iste’molchilar tomonidan 7 million kub metr tabiiy gaz noqonuniy o‘zlashtirilgani aniqlangan.

Shulardan kelib chiqib, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklifi bildirildi

“Bu yil qishni qanday o‘tkazamiz? Bugun hamma rahbarlar shu savolga javob berishi kerak. Haqiqatan ham, muammolar juda ko‘p. Ularni faqat mahallabay kesimda chuqur o‘rganish va hal qilishgina natija beradi, – deya ta’kidladi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0