TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Koronavirusni tarqatishda biror bir mamlakatga qarshi ayblovlarning tasdigʻi yoʻq. Bu haqda Rossiya prezidenti yillik matbuot anjumanida maʼlum qildi.
“Paydo boʻlishiga toʻxtalsak, mish-mishlar bisyor, men hozir butun mamlakat va butun dunyoga bu haqda gapirmagan boʻlar edim. Buning ustiga biror bir kishiga qarshi aylovlar bilan bogʻliq tasdiqlarni koʻrmayapmiz”, - dedi Putin.
Rossiya yetakchisi aybdorlarni izlash emas, balki muammoga qarshi kurashish uchun sayʼ-harakatlarini birlashtirish lozimligini taʼkidladi.
“Menimcha, hozir boshqa narsadan kelib chiqish kerak: aybdorlarini izlash emas, balki muammoga qarshi kurashish uchun sayʼ-harakatlarni birlashtirish zarur”, - deya qoʻshimcha qildi Putin.