Rossiya

Rossiya chegaralarini qachon ochadi – Putin javobi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishRabota aeroporta Vnukovo
Rabota aeroporta Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat oʻz chegaralarini qachon ochishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Rossiya boshqa mamlakatlar bilan chegaralarini koronavirus bilan bogʻliq vaziyat imkon berishi bilanoq ochadi. Bu haqda mamlakat rahbari Vladimir Putin yillik matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Vыvoznoy reys iz Novosibirska v Tashkent  - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Migrantlar Rossiyaga qachon qayta boshlaydi – ekspert fikri

“Shifokorlar ijozat berishi bilanoq, chegaralar darhol ochiladi. Mumkin boʻlishi bilanoq, albatta, ochamiz”, - dedi Putin.

Rossiya 27 mart kuni koronavirus tarqalishi tufayli muntazam xalqaro va charter parvozlarni toʻxtatib qoʻygan edi. Avgust oyida Rossiya Turkiya, Buyuk Britaniya, Tanzaniya bilan parvozlarni qayta tikladi. Keyinchalik Shveytsariya, Misr, BAA, Maldiv, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Janubiy Koreya, Serbiya, Kuba va Yaponiya bilan ham parvozlar oʻzaro kelishuvga asosan tiklandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala