Migratsiya

Rossiyada migrantlarning vaqtinchalik boʻlish muddati 15 iyunga qadar uzaytirildi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishVыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet elliklarning vaqtinchalik boʻlish muddatini 2021 yilning 15 iyuniga qadar uzaytirdi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Rossiyada koronavirus pandemiyasi tufayli migrantlarning vaqtinchalik boʻlish muddati 2021 yilning 15 iyuniga qadar uzaytirildi. Tegishli farmonga Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzo chekdi. Hujjat huquqiy axborotlar internet portalida 17 dekabr kuni chop qilingan.

Hujjatga binoan, chet ellik fuqarolar Rossiyada vaqtinchalik boʻlish hujjatlari (jumladan, viza), yashash joyidan roʻyxatdan oʻtish muddati, vaqtinchalik va doimiy yashash muddatini uzaytirishlari shart emas.

Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiyadagi migrantlarning patentlari muddati pandemiya yakuniga qadar uzaytirilishi mumkin

Eslatib oʻtamiz, chet ellik fuqarolarning hujjatlari muddatini uzaytirish qarori koronavirus pandemiyasi va 18 aprel kuni mamlakatlar oʻrtasida chegaralar yopilishi munosabati bilan eʼlon qilingan edi.

Oʻsha vaqtdan buyon hujjat ikki marotaba uzaytirildi. Avvaliga 15 sentyabr, soʻngra 15 dekabrga qadar.

Taʼkidlash joizki, qabul qilingan hujjatga koʻra, migrantlar Rossiyada ularga mamlakatda yashash huquqini beruvchi hujjatlari muddati oʻtib ketgan taqdirda ham qolishlari mumkin.

Registratsiyalar, patentlar, yashash huquqini beruvchi hujjat (vid na jitelstvo) va boshqa hujjatlar muddati oʻtgan hisoblanmaydi, ularni bekor qilishmaydi, shuningdek, bu asosda chet elliklar RFdan deportatsiya ham qilinmaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala