Dunyoda

Sooronbay Jeenbekov va uning ukasi Oliy sudga chaqirildi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovEks-prezident Kыrgыzstana Sooronbay Jeenbekov
Eks-prezident Kыrgыzstana  Sooronbay Jeenbekov - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov sobiq Oʻsh viloyati IIB boshligʻi Abdilat Kaparov ishi yuzasidan jabrlanuvchi tomon sifatida sudga chaqirildi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov va uning ukasi Jogorku Kenesh deputati Asilbek Jeenbekov Oliy sud majlisiga taklif qilindi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston agentligi xabar qilmoqda.

Prezident Kыrgыzstana Sooronbay Jeenbekov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Isteʼfo haqidagi qaror toʻgʻrimidi, buni tarix va vaqt koʻrsatadi, dedi Jeenbekov

16 dekabr kuni sudlov hayʼati sobiq Oʻsh viloyati IIB boshligʻi Abdilat Kaparovning ishini koʻrib chiqqan. U 2017 yildan buyon Soooronbay va Asilbek Jeenbekovlarga yetkazilgan maʼnaviy zararni qoplamaganlik uchun jazo muddatini oʻtab kelgan.

Maʼlum qilinishicha, kechagi sud majlisi davomida advokat Erkin Sadanbekovdan sudga jabrlanuvchi tomon – Jeenbekovlarni chaqirish toʻgʻrisida iltimosnoma kelib tushgan. Iltimosnoma qanoatlantirilgan va majlis 12 yanvarga qoldirilgan.

Avvalroq OAV Kaparov aka-uka Jeenbekovlar 2010 yil iyun voqealari vaqtida vaziyatni tartibga solish uchun ajratilgan 3 million dollarni oʻzlashtirganliklari haqidagi gaplari uchun mahkum qilinganini xabar qilgan edi.

Sooronbay Jeenbekov 2010 yildagi voqealardan soʻng Oʻsh viloyatidagi hukumatning vakolatli vakolatxonasiga rahbarlik qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala