Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Sport

Toshkent rasman 2025 yil yoshlar oʻrtasida IV Osiyo oʻyinlarini qabul qiladi

© Press-slujba NOK UzbekistanaTashkent primet IV Yunosheskiye Aziatskiye igrы 2025 goda
Tashkent primet IV Yunosheskiye Aziatskiye igrы 2025 goda - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Osiyo Olimpiya Kengashi oʻrtasida Toshkent shahrining 2025 yil boʻladigan IV yoshlar Osiyo oʻyinlarini qabul qilishi toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Oʻmonda Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK)ning navbatdagi Bosh Assambleyasida Toshkent shahrining 2025 yil boʻladigan IV yoshlar Osiyo oʻyinlarini qabul qilishi rasman tasdiqlandi.

“Oʻzbekiston hamda OOK oʻrtasida musobaqaning oʻtkazilishi borasida shartnoma imzolandi”, - deyilgan Milliy olimpiya qoʻmitasi xabarida.

Tuzilgan shartnomaga OOK prezidenti Shayx Ahmad Ah Fahad Al Sabax, OOK vitse-prezidenti Otabek Umarov, MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Irmatov hamda Toshkent shahar hokimligi vakili Izzatbek Joʻrayev imzo chekishdi.

Xabarda taʼkidlanishicha, ushbu oʻyinlar Oʻzbekistonning qay darajada rivoj topayotganini jahon hamjamiyatiga koʻrsatish uchun qulay imkoniyat. Ushbu musobaqa davomida respublikaga 5000 nafardan ziyod mehmon kelishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala