Toshkent rasman 2025-yil yoshlar o‘rtasida IV Osiyo o‘yinlarini qabul qiladi

© Press-slujba NOK UzbekistanaTashkent primet IV Yunosheskie Aziatskie igri 2025 goda
Tashkent primet IV Yunosheskie Aziatskie igri 2025 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Osiyo Olimpiya Kengashi o‘rtasida Toshkent shahrining 2025-yil bo‘ladigan IV yoshlar Osiyo o‘yinlarini qabul qilishi to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. O‘monda Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK)ning navbatdagi Bosh Assambleyasida Toshkent shahrining 2025-yil bo‘ladigan IV yoshlar Osiyo o‘yinlarini qabul qilishi rasman tasdiqlandi.

“O‘zbekiston hamda OOK o‘rtasida musobaqaning o‘tkazilishi borasida shartnoma imzolandi”, - deyilgan Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

Tuzilgan shartnomaga OOK prezidenti Shayx Ahmad Ah Fahad Al Sabax, OOK vitse-prezidenti Otabek Umarov, MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov hamda Toshkent shahar hokimligi vakili Izzatbek Jo‘rayev imzo chekishdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu o‘yinlar O‘zbekistonning qay darajada rivoj topayotganini jahon hamjamiyatiga ko‘rsatish uchun qulay imkoniyat. Ushbu musobaqa davomida respublikaga 5000 nafardan ziyod mehmon kelishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0