Iqtisod

Oʻzbekiston tashqi qarzi 30 mlrd dollarga yaqinlashmoqda

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы SSHA.
Denejnыe kupyurы SSHA. - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan toʻqqiz oy mobaynida mamlakat tashqi qarzi 19,7 foizga yoki 4,8 mlrd dollarga oshgan. Umumiy tashqi qarz davlat va xususiy sektor qarzlaridan iborat.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. 2020 yil 1 oktyabr holatiga Oʻzbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 29,3 mlrd dollarni tashkil qildi. Bundan Markaziy bank maʼlumotlari darak bermoqda.

Dollarы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston tashqi qarzi koʻpmi yoki kam?

Tashqi qarz 2020 yil boshidan 19,7 foizga yoki 4,8 mlrd dollarga oshgan.

“Ushbu jarayon COVID-19 virusiningtarqalishi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy taʼsirini yumshatish uchun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yangi qarzlarning jalb qilinishi bilan izohlanishi mumkin”, - deyiladi Markaziy bank hisobotida.

Umumiy tashqi qarz davlat va xususiy sektor qarzlaridan iborat.

Birinchisi 18,7 milliard dollarni tashkil etib, 2,9 milliard dollarga oshdi. Xususiy sektor tashqi qarzi 10,6 milliard dollarni tashkil etib, 1,9 milliard dollarga oshdi.

© Oʻzbekiston Markaziy bankiOʻzbekiston tashqi qarzi
Oʻzbekiston tashqi qarzi 30 mlrd dollarga yaqinlashmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston tashqi qarzi

Shu bilan birga, 9 oy mobaynida davlat tashqi qarzi boʻyicha 454,8 mln dollar miqdordagi asosiy qarz va 263,4 mln dollar miqdordagi foiz toʻlovlari amalga oshirilgan.

Xususiy tashqi qarz toʻlovlari asosiy qarz boʻyicha 1,3 mlrd dollar va foiz toʻlovlari boʻyicha 242,1 mln dollarni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala