O‘zbekiston va Rossiya energetika vazirlari hamkorlik jarayonini muhokama qildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya energetika kompaniyalari mavjud loyihalar bilan o‘zaro hamkorlikni cheklamaydi va O‘zbekiston bilan yoqilg‘i-energetika kompleksining barcha sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun tayyor ekanligini ta’kidladi.

TOShKENT, 17 dek - Sputnik. O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov joriy yilning 14-dekabr kuni Moskva shahriga amaliy tashrifi chog‘ida Rossiya Federatsiyasining qayta tayinlangan Energetika vaziri Nikolay Shulginov bilan uchrashdi.

Poseshenie xokimom Yashnabada Xojiakbarom Tillyashayxovim predpriyatiya Uzenergosozlash - Sputnik O‘zbekiston
Elektr energiyasi 1-fevraldan faqat oldindan to‘lov asosida yetkazib beriladi

Sultonov Shulginovni Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri lavozimiga tayinlangani bilan qutladi. U O‘zbekiston uchun Rossiya kompaniyalari bilan yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida hamkorlik qilish strategik ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Shuningdek O‘zbekiston Energetika vaziri Rossiyaning moliyaviy institutlari bilan energetika loyihalariga mablag‘lar jalb qilish borasidagi o‘zaro munosabatlar rivojining ijobiy dinamikasini qayd etdi.

O‘zbekiston energetika kompaniyalarining ishlab chiqarish va moliyaviy jarayonlarini raqamlashtirish hamkorlikning yana bir muhim yangi yo‘nalishi hisoblanadi. 

O‘z navbatida, N.Shulginov neft-gaz sohasida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida energetika sohasidagi hamkorlikning muhimligini ta’kidladi.

Lyudi ujinayut bez sveta - Sputnik O‘zbekiston
Elektr ta’minotidagi uzilishlarning asosiy sabablari aytildi

Shu bilan birga, u Rossiya energetika kompaniyalari mavjud loyihalar bilan o‘zaro hamkorlikni cheklamaydi va O‘zbekiston bilan yoqilg‘i-energetika kompleksining barcha sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun tayyor ekanligini ta’kidladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston gidroenergetika sohasida RF Tashqi iqtisodiy banki moliyaviy qo‘magida 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Yangi mini GES (Darg‘om kanalida va Quyichotqol GES tarkibida)lar, amaldagi Farhod va To‘palang GESlarning modernizatsiyasi shular jumlasidan. Gidroenergetika sohasidagi yana bir qator loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilish masalasi muhokama qilinmoqda.

Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda nega elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda

Ikki mamlakatning neft va gaz sohasidagi hamkorligi uzoq yillik tarix va muhim istiqbollarga ega. “LUKOYL” kompaniyasi tomonidan ikki MTB (mahsulot taqsimotiga doir bitim) doirasida “Qandim” va “Hisor” konlarida 2004-2020 yillarda 84,4 mlrd. kub metr tabiiy gaz qazib olindi. Mazkur loyihalar bo‘yicha o‘zlashtirilgan investitsiyalar miqdori 7,4 mlrd. dollardan oshdi.

“Gazprom” kompaniyasi bilan “Shohpaxta” va “Jel” konlarida qazish ishlari olib borilmoqda. Joriy yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, “Shohpaxta” konidan 4,53 mlrd. kub metr tabiiy gaz qazib olingan. Bundan tashqari, “Mustaqillikning 25-yilligi” koni bo‘yicha MTBni amalga oshirish doirasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

“LUKOYL” OAJ bilan hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha QK tashkil qilish jarayoni davom etmoqda. Hozirgi vaqtda potensial sarmoyaviy bloklar ko‘rib chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0