Dunyoda

AQSH oʻz dengizdagi gegemoniyasida Rossiyani asosiy xavf deb biladi

Amerikalik siyosatchi va harbiylar Rossiyani muntazam ravishda davlat milliy xavfsizligi uchun asosiy tahdidlar roʻyxatiga qoʻshib keladi.

TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. AQSH Rossiyani dengizdagi hukmronlikda asosiy tahdid, deya atadi.

AQSH Turkiyaga qarshi sanktsiya qoʻlladi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
AQSH Turkiyaga qarshi sanktsiya qoʻlladi. Rossiya qanday javob qaytardi

"Rossiya va Xitoy "global tinchlik va farovonlik" davrida AQSH flotining dengizdagi hukmronligiga qarshi ikkita asosiy "tahdid" sanaladi", deyiladi AQSH HDK, Qirgʻoq qorovuliva Dengiz pexotasi korpusining "Dengizdagi ustunlik" nomli hisobotida.

Hujjatda taʼkidlanishicha, Vashington muhim xalqaro dengiz yoʻllarida ustunlik qilish uchun Moskva va Pekinning "tajovuzkor harakatlarini" bostirishni rejalashtirayotgani taʼkidlangan.

"Ularning ortib borayotgan mahorati va agressivligini oʻz koʻzimiz bilan koʻrib turibmiz", - deyilgan hisobotda.

Doklab mualliflarining qilgan xulosalariga koʻra, Rossiya va Xitoy "global xavfsizlikka oʻz hissasini qoʻshayotgan masʼuliyatli yetakchilarga" aylana olmagani tufayli, endilikda AQSH ularni "qatʼiy raqib" sifatida tan oladi.

Aleksey Navalnыy - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Bemor AQSH maxsus xizmatlari koʻmagidan foydalanadi — Putin Navalnыy haqida

Shu bilan birga, hisobotda, Xitoy anchayin uzoq muddatga strategik tahdidligi aytilgan.

Amerikalik siyosatchi va harbiylar Rossiyani muntazam ravishda davlat milliy xavfsizligi uchun asosiy tahdidlar roʻyxatiga qoʻshib keladi. Sal oldin AQShning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden Rossiyani "Amerika uchun aynan hozirgi eng ulkan tahdid", Xitoyni esa - eng yirik raqib, deya atagan edi. Oʻz navbatida, AQSH armiyasi shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi Mark Milli Rossiyani "AQSH hisoblashishi lozim boʻlgan" muammolar qatorida sanab oʻtgan edi. Shuningdek, roʻyxatda Xitoy, Shimoliy Koreya, Eron ham tilga olingan edi.

Qator ayblovlar turli mamlakatlardagi demokratik jarayonlarga taʼsir oʻtkazishga urinish borasidagi ayblovlar bilan bogʻliq edi. Rossiya bu ayblovlarni koʻplab marotaba rad etgan. Kreml matbuot-kotibi Dmitriy Peskov bu taʼkidlarni "mutlaqo asossiz" deb atagan, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov esa ularni tasdiqlashi mumkin boʻlgan bironta ham faktning yoʻqligini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala