Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Dam olish kunlari Oʻzbekistonga sovuq havo massalari kirib keladi

Respublika shimolida qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik shanba kuniga oʻtar kechasi boshlanadi. Barcha joylarda yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik qorga aylanishi bilan kuzatiladi.

TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda dam olish kunlari havo yana soviydi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.

Bugun Respublikaning barcha hududlarida asosan quyoshli ob-havo kuzatildi - kunning oʻrtasida havo 5-10 daraja iliq, janubda baʼzi joylarda 13 daraja iliq boʻldi. Iliq va asosan quyoshli ob-havo Oʻzbekistonning togʻli hududlarida ham saqlanib turdi.

Ammo dam olish kunlari Rossiyaning janubiy hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi Oʻzbekiston boʻylab ob-havoni yomonlashishiga olib keladi, deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, Respublika shimolida qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik shanba kuniga oʻtar kechasi boshlanadi. Barcha joylarda yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik qorga aylanishi bilan kuzatiladi. Baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Faqat eng chekka sharqda (Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari) shanba kuni kun davomida havo bulutli, lekin quruq boʻlishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni gʻarbiy hududlarda yogʻingarchilik kuzatilmaydi, Toshkent, Samaraqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik kunning ikkinchi yarmigacha davom etadi va faqat eng chekka janubda va Fargʻona vodiysida yogʻingarchilik boʻlishi kun davomida saqlanib turadi.

Havo harorati yakshanba kuniga 2 daraja sovuq 3 daraja iliq qiymatlarigacha pasayadi

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala