Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Kunduzgi “fara”larni yoqib yurish boʻyicha talab bekor qilindi

CC0 / Unsplash / Zakaria Zayane / Fara avtomobilya. Illyustrativnoye foto
Fara avtomobilya. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori asosida barcha avtomototransport vositalari uchun yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish talabi bekor qilindi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik.  17 dekabr sanasida keng jamoatchilikning fikrini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 796-son qarori qabul qilindi.

Avtomobili na trasse - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Birinchi yanvardan avtomobillar kunduzgi chiroqlarini yoqib yurishlari shart – Hukumat qarori

Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori asosida barcha avtomototransport vositalari uchun yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish talabi bekor qilindi.

Endilikda mazkur talab faqatgina quyidagi 6 ta holat boʻyicha majburiy etib belgilandi:

- transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;

- yoʻlovchilarni tashiyotgan avtobus va yoʻnalishli transport vositalarida;

- bolalar guruhini tashkiliy tashishda;

- xavfli, katta oʻlchamli va ogʻir vaznli yuklarni tashishda;

- mexanik transport vositalarini shatakka olishda;

- mototsikl va mopedlarda.

Ushbu talablar yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlashga, shuningdek, yoʻl harakati ishtirokchilarining hayoti va sogʻligʻini asrashga xizmat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalgi tahrirga asosan kunning yorugʻ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi haqidagi qoida 2021 yil 1 yanvardan kuchga kirishi lozim edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala