Jamiyat

Pomidor va qalampir: Rossiya ayrim cheklovlarni qisman bekor qildi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Fotobankka oʻtishUrojay tomatov
Urojay tomatov - Sputnik Oʻzbekiston
“Rosselxoznadzor” 18 dekabrdan boshlab Oʻzbekistondagi yetti korxonadan pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berdi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik.Rosselxoznadzor” 18 dekabrdan boshlab Rossiya Federatsiyasi hududiga Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatidan yettita korxonadan pomidor va qalampirni olib kirishga ruxsat berdi, ularning mahsulotlarida YEOIIga aʼzo-davlatlar uchun karantin obʼyektlari mavjud emas, shuningdek, 2020 yilda pomidor mevalaridagi jigarrang burushiqlik virusi aniqlanmadi.

Pomidorы  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiya Oʻzbekistonning yana bir viloyatidan pomidor va qalampir olib kirishni taqiqladi

Mazkur qaror Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasi tomonidan respublikaning koʻrsatilgan mintaqasidagi ishlab chiqarish maydonlarini oʻrganish va issiqxonalar holatini tahlil qilish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot asosida qabul qilindi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Rosselxoznadzor 26 noyabr kuni Fargʻona viloyati va 4 dekabr kuni Navoiy viloyatidan Rossiyaga olib kelinadigan pomidor va qalampirlarga ham taqiq qoʻygandi. 11 dekabrdan esa Qashqadaryo viloyatidan olib kelinadigan pomidor va qalampirga taqiq kiritdi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala