Shifokorlar foydalanilmagan avia-chipta pullarini qaytarib olishdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishPassajirы v aeroportu Sheremetyevo
Passajirы v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik Oʻzbekiston
Arizachilar soʻzlariga koʻra, joriy yil aprel oyida Xindistonga 1 haftaga borib kelish uchun 33 million soʻm evaziga avia chipta sotib olishgan, biroq karantin sababli reyslar bekor qilingan.

TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. Navoiyda bir guruh shifokorlarga karantin tufayli foydalanilmay qolgan avia-chipta pullari qaytarildi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot-xizmati maʼlum qildi.

Samolet aviakompanii Uzbekistan Airways  - Sputnik Oʻzbekiston
Uzbekistan Airways xorij fuqarolariga chiptalarni jarima toʻlovisiz qaytarmoqda

Taʼkidlanishicha, Navoiy viloyat hududiy birlashmasiga viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazining bir guruh shifokorlari tomonidan yozma murojaat kelib tushgan.

Arizachilar soʻzlariga koʻra, joriy yil aprel oyida Xindistonga 1 haftaga borib kelish uchun 33 million soʻm evaziga avia chipta sotib olishgan, biroq karantin sababli reyslar bekor qilingan.

2020 yil 1 iyuldan depozit vaucherlarini rasmiylashtirish orqali toʻlov qaytarilishi taʼkidlangan boʻlsa-da, 5 oydan buyon pullarini ololmay, sarson boʻlayotganliklaridan norozilik bildirganlar.

Mazkur murojaat Navoiy shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassilari oʻrganilib, isteʼmolchilarga umumiy hisobda 33 000 000 (oʻttiz uch million) soʻm miqdordagi mablagʻ egalariga manzilli qaytarilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala