Toshkent viloyati hokimiga “hayfsan” e’lon qilindi

© Sputnik/Viktor TolochkoPismenniy nabor glavi gosudarstva
Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh vazir Abdulla Aripov imzolagan farmoyishga asosan Toshkent viloyatining hokimi Rustam Xolmatovga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi e’lon qilindi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Toshkent viloyatining hokimi Rustam Xolmatov va Qibray tumani hokimi Mira’zam Mirkasimovga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi e’lon qilindi. Ular kelgusida bunday holatlar takrorlangan taqdirda, egallab turgan lavozimida qolishi masalasi ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirildi.

Bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripovning tegishli farmoyishi chiqarildi, deb xabar qildi O‘zA.

Farmoyishda aytilishicha, Toshkent viloyati va Qibray tumani hokimlarining yuridik shaxslarga yer uchastkasi ajratish yuzasidan qabul qilgan qarorlarida qonunchilik talablarining buzilish holatlari aniqlangan. Kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash, shuningdek, bu borada hududlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida hokimlarga intizomiy jazo berilgan.

Yangiliklar lentasi
0