Siyosat

Ilhomjon Neʼmatov MDH Ijroiya qoʻmitasiga ishga oʻtmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPervыy zamestitel ministra inostrannыx del Ilxom Neʼmatov
Pervыy zamestitel ministra inostrannыx del Ilxom Neʼmatov - Sputnik Oʻzbekiston
Kutilishicha, Ilhomjon Neʼmatov MDH Ijroiya qoʻmitasida iqtisodiy hamkorlik masalalarini muvofiqlashtiradi.

TOSHKENT, 19 dek - Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Ilhomjon Neʼmatov 2021 yilning 1 yanvaridan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari vazifalarini bajarishga kirishadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Zamestitel ministra inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Ilxomjon Neʼmatov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
YEOII masalasida Gʻarb yoki Sharqga qarab qaror qabul qilsak, oʻzgarish boʻlmaydi - Neʼmatov

Ilhomjon Neʼmatov Namangan viloyatida tavallud topgan, Fargʻona politexnika instituti va Moskvadagi Diplomatiya akademiyasini tamomlagan.

1992 yildan TIV tizimida faoliyat yuritadi. Ishni konsullik boshqarmasi boʻlim boshligʻi rahbari lavozimidan boshlagan. Turli yillarda Oʻzbekistonning Hindistondagi, Rossiyadagi, AQShdagi elchixonalariga rahbarlik qilgan, TIVning alohida topshiriqlari boʻyicha elchisi, tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Iqtisod fanlari nomzodi, Oʻzbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi diplomatik martabasiga ega.

Kutilishicha, Ilhomjon Neʼmatov MDH Ijroiya qoʻmitasida iqtisodiy hamkorlik masalalarini muvofiqlashtiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala