Korruptsiyaga oid anonim murojaatlar ham koʻrilib chiqiladi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы i monetы raznыx stran
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Qonun loyihasiga koʻra, korruptsiyaga qarshi vakolatli organlar — Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi jismoniy va yuridik shaxslarning korruptsiya faktlariga doir murojaatlari, shu jumladan anonim murojaatlarini koʻrib chiqadi

TOSHKENT, 19 dek - Sputnik. Milliy qonunchilikda korruptsiyaga oid jinoyatlar boʻyicha anonim murojaatlarni ham majburiy koʻrib chiqish taklif etilmoqda.

Predsedatel Senata Oliy Majlisa Uzbekistana Tanzila Narbayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Korruptsiya barbod qiladi: kim aybdor va nima qilmoq kerak - Norboyeva bilan intervyu

Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasiga koʻra, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jinoyatga oid maʼlumotlar mavjud boʻlgan anonim murojaatlarni koʻrib chiqish chogʻida ular bilan bogʻliq maʼlumotlarni aniqlaganida, jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻlishi mumkin.

Qonun loyihasiga koʻra, korruptsiyaga qarshi vakolatli organlar — Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi jismoniy va yuridik shaxslarning korruptsiya faktlariga doir murojaatlari, shu jumladan anonim murojaatlarini koʻrib chiqadi.

Maʼlum boʻlishicha, 2018-2020 yillarda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga 90 ta hamda Ichki ishlar vazirligiga esa 106 ta jinoyatga, shu jumladan korruptsiyaga oid maʼlumotlar boʻlgan anonim murojaatlar kelib tushgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala