Umrni uzaytiruvchi kutilmagan usul

Ekspertlarga koʻra, qoʻshiq hirgoyi qilish - bosh miyani katta miqdorda kislorod bilan taʼminlaydi va unga sogʻlomlashtiruvchi taʼsir koʻrsatadi, shuningdek, qon bosimini tushirish xususiyatiga ham ega

TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. Kuylash inson salomatligiga ijobiy taʼsir qiladi va umr davomiyligini oshirishi mumkin, deb yozadi Express britaniyalik olimlarga tayangan holda.

Jiteli poselka Gilan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Umrni oʻn yilga uzaytiruvchi toʻrt omil

Taʼkidlanishicha, ushbu mashgʻulot insonlarning ruhiy hamda jismoniy holatini yaxshilaydi ekan. Xususan, kuylash dementsiya va Altsgeymer kasalligiga chalinish xavfini pasaytiradi, shuningdek, tushkunlik alomatlarini yoʻqotishga xizmat qiladi.

Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, sevimli taronalarni kuylayotgan insonda inson kayfiyatini yaxshilaydigan va uni yanada chaqqon va baxtli qiladigan endorfinlar ajralar ekan.

Shu bilan birga, unda vokal boʻyicha isteʼdod bor-yoʻqligi ahamiyatga ega emas, sababi, organizm kuylashga uning sifatidan qatʼiy nazar ijobiy taʼsir koʻrsatar ekan.

Ekspertlarga koʻra, qoʻshiq hirgoyi qilish - bosh miyani katta miqdorda kislorod bilan taʼminlaydi va unga sogʻlomlashtiruvchi taʼsir koʻrsatadi, shuningdek, qon bosimini tushirish xususiyatiga ham ega.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala