Oʻzbekiston KPPlarida pulli xizmatlar roʻyxati belgilandi

© Sputnik Amir IsayevKPP "Patar" na granitse Tadjikistana i Uzbekistana
KPP Patar na granitse Tadjikistana i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi va migratsiya blankalarini toʻldirib berish, turli kompyuter xizmatlari, faks, Internet xonalari pulli xizmat turiga kiritilmoqda.

TOSHKENT, 19 dek - Sputnik. Oʻzbekiston Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida koʻrsatiladigan pulli xizmatlar roʻyxati belgilandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Hukumat tomonidan "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida"gi Nizomga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, endi pulli xizmatlar turi quyidagilardir:

  • Oʻzbekiston hududida faoliyat olib borayotgan mobil aloqa operatorlari xizmatlari;
  • Ovqatlanish hamda sanitar-gigiyenik xizmatlarni tashkil etish boʻyicha faoliyat;
  • Boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarning chakana savdosi;
  • Yoʻlovchilar uchun qoʻl aravachalarini ijaraga berish;
  • Yoʻlovchilar va ularning yuklarini oʻtkazish punkti ichida tashish xizmati;
  • Oʻtkazish punkti orqali harakatlanayotgan transport vositalarini mayda taʼmirlash ishlari hamda ularni evakuatsiya qilish;
  • Hajmi katta boʻlmagan qoʻl yuklarini saqlab berish;
  • Transport vositalarida tashilayotgan yuklar bilan operatsiyalar amalga oshirish (yuk ortish, tushirish, qayta yuklash);
  • Tarjimonlik xizmati;
  • Xizmat koʻrsatish (yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi va migratsiya blankalarini toʻldirib berish, turli kompyuter xizmatlari, faks, Internet) xonalari;
  • Taksi chaqirish xizmati.

Taʼkidlanishicha, pulli xizmat koʻrsatilishi uchun avtomobil oʻtkazish punktining geografik joylashuvi, koʻrsatishi mumkin boʻlgan pulli xizmatlar turi hamda ularni koʻrsatish uchun ajratilishi mumkin boʻlgan maydon, oʻtkazish punktining oʻtkazuvchanlik qobiliyati inobatga olinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala