Venesuelada “Sputnik V” sinovlari: prezidentning o‘g‘li ko‘ngillilar qatorida – video

Obuna bo‘lish
Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning o‘g‘li “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi va nega rossiyalik olimlarga ishonishini tushuntirdi.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning o‘g‘li koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi sinovlarida ishtirok etdi. Nikolas Ernesto Maduro Gerra vaksinaning birinchi komponenti bilan emlandi va 20 kundan so‘ng uning ikkinchi dozasini oladi.

Maduro COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasi bilan emlanish istagini bildirdi

“Rossiya insoniyatning oldingi safida. Boshqa mamlakatlar diqqatini urush qo‘zg‘ash, aralashish, sanksiyalar, zarar yetkazishga urinishga qaratgan bir paytda Rossiya diqqatini dunyo kasalliklariga qarshi dori-darmon izlashga qaratmoqda. Rossiya insoniyatni sog‘lomlashtirishga e’tibor qilmoqda. Mana shuning uchun biz Rossiya bilan birgamiz”, - dedi kichik Maduro.

Yangiliklar lentasi
0