Jamiyat

Behzod Musayev: Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi

© REUTERS / Marko DjuricaPatsiyent na bolnichnoy koyke
Patsiyent na bolnichnoy koyke - Sputnik Oʻzbekiston
Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayevning maʼlum qilishicha, kasallik aniqlangan birinchi kundan boshlab davlat rahbari hukumat oldiga aniq vazifalar qoʻygan. Bugunga kelib bu oʻz natijasini bermoqda.

TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda bugun koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Behzod Musayev “Toshkent yoshlar forumi –2020” marosimidagi chiqishida maʼlum qildi.

COVID ikkinchi toʻlqini, vaktsina va islohotlar: SSV yangi rahbari bilan intervyu

Uning soʻzlariga koʻra, kasallik aniqlangan birinchi kundan boshlab davlat rahbari hukumat oldiga aniq vazifalar qoʻygan.

“Birontamizga tinchlik bermadilar, bir kun ham dam bermadilar. Asosiy maqsad – xalqimiz sogʻayib ketsin. Pandemiya davrida sogʻliqni saqlash tizimiga shunchalik koʻp pul berildiki, qiyosiy maʼnoda buni 30 yil davomida tizimga ajratilgan mablagʻdan ham koʻproq boʻldi, deb aytish mumkin. Dunyoning istalgan nuqtasidan shu kasallikni davolash uchun kerak boʻlgan dorilar yetkazib kelindi. Xorijdan mutaxassislar olib kelindi. Natijada bugun Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi”, - dedi Musayev oʻz nutqida davomida.

Oʻzbekistonda toʻqqiz kundan buyon COVID-19 dan oʻlim kuzatilmayapti

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 75 933 nafarga yetgan. Shulardan 73 242 nafari tuzalib ketgan. Pandemiya boshlagandan buyon jami 612 kishi qurbon boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala