Behzod Musayev: O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi

© REUTERS / Marko DjuricaPatsiyent na bolnichnoy koyke
Patsiyent na bolnichnoy koyke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevning ma’lum qilishicha, kasallik aniqlangan birinchi kundan boshlab davlat rahbari hukumat oldiga aniq vazifalar qo‘ygan. Bugunga kelib bu o‘z natijasini bermoqda.

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekistonda bugun koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev “Toshkent yoshlar forumi –2020” marosimidagi chiqishida ma’lum qildi.

COVID ikkinchi to‘lqini, vaksina va islohotlar: SSV yangi rahbari bilan intervyu

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik aniqlangan birinchi kundan boshlab davlat rahbari hukumat oldiga aniq vazifalar qo‘ygan.

“Birontamizga tinchlik bermadilar, bir kun ham dam bermadilar. Asosiy maqsad – xalqimiz sog‘ayib ketsin. Pandemiya davrida sog‘liqni saqlash tizimiga shunchalik ko‘p pul berildiki, qiyosiy ma’noda buni 30-yil davomida tizimga ajratilgan mablag‘dan ham ko‘proq bo‘ldi, deb aytish mumkin. Dunyoning istalgan nuqtasidan shu kasallikni davolash uchun kerak bo‘lgan dorilar yetkazib kelindi. Xorijdan mutaxassislar olib kelindi. Natijada bugun O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi”, - dedi Musayev o‘z nutqida davomida.

O‘zbekistonda to‘qqiz kundan buyon COVID-19 dan o‘lim kuzatilmayapti

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 75 933 nafarga yetgan. Shulardan 73 242 nafari tuzalib ketgan. Pandemiya boshlagandan buyon jami 612 kishi qurbon bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0