Poytaxtning ayrim ko‘chalarida 15-yanvargacha transport harakati cheklanadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUlitsa Zarafshan
Ulitsa Zarafshan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yil tantanalari munosabati bilan 20-dekabrdan 2021-yil 15-yanvarigacha ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Kirib kelayotgan Yangi yil tantanalari munosabati bilan  Toshkent shahri markazida bayram tadbirlar  o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 20-dekabr kuni soat 06:00 dan  2021-yil 15-yanvar soat 00:00 gacha  quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi:

- Buyuk Turon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

- Zarafshon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

- Istiqlol ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasi va Amir Temur shoh ko‘chasi oralig‘idagi qismi;

- Mustaqillik shoh ko‘chasining Zarafshon ko‘chasi va Amir Temur xiyoboni oralig‘idagi qismi.

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentV Tashkente pochti na mesas perekroyut neskolko ulis
Poytaxtning ayrim ko‘chalarida 15-yanvargacha transport harakati cheklanadi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente pochti na mesas perekroyut neskolko ulis

Shahar ma’muriyati keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0