Rossiyada COVID-19 epidemiyasi qachon tugaydi – Rospotrebnadzor rahbari taxmini

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishMasochniy rejim v Moskve
Masochniy rejim v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova mamlakatda koronavirus pandemiyasi bahorga kelib yakunlanishini taxmin qilmoqda.

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Rossiyada koronavirus pandemiyasi bahorga kelib tugaydi. Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova shunday taxminni bildirdi.

“Bahorga kelib yakunlanadi, agar harakat qilsak, undan oldin ham tugashi mumkin. Bugungi kunda har birimizga bog‘liq”, - dedi Popova “Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq Rossiya fanlar akademiyasi (RFA) prezidenti Aleksandr Sergeyev turli vaksinalarni qo‘llash koronavirus pandemiyasining ustidan g‘alaba qozonishga yordam beradi degan fikrni bildirgan edi.

Putin Rossiya vaksinasini xavfsiz va samarali deb atadi

Hozirda Rossiyaning har bir hududida aholini koronavirusga qarshi ommaviy emalash ishlari boshlab yuborilgan. Birinchi navbatda xavf guruhiga kiruvchilar (tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, ijtimoiy xizmat sohasi vakillari va boshqalar) emlanmoqda.

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatga olingan. Bu Gamaleya markazining “Sputnik V” va “Vektor”markazining “EpiVakKorona” vaksinasi. Yaqin kunlarda Chumakov nomidagi Ilmiy markaz vaksinasi ham ro‘yxatga olinishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0