Jamiyat

Talabalarga poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma beriladi

© © Sputnik / Stas EtveshPosadka passajirov na skorostnoy poyezd "Afrosiab" na vokzale goroda Samarkand
Posadka passajirov na skorostnoy poyezd Afrosiab na vokzale goroda Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston
2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlarida taʼlim olayotgan talabalarga poyezd chiptalariga 50 foiz chegirma beriladi.

TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlarida taʼlim olayotgan talabalar va oʻquvchilar poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma beriladi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

“2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlarida taʼlim olayotgan talabalar hamda oʻquvchilarga poyezd chiptalarida taʼrif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma beriladi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, bu talabalar va oʻquvchilarning qishki oʻquv taʼtilini maroqli oʻtishida hamda mamlakatning qadimiy va navqiron shaharlariga sayohat qilishlariga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. 

Ushbu chiptalar imtiyozli boʻlganligi uchun ularni faqat temir yoʻl kassalarida harid qilish mumkin. 

Qoʻshimcha maʼlumotni 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala