Talabalarga poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma beriladi

© © Sputnik / Stas EtveshPosadka passajirov na skorostnoy poyezd "Afrosiab" na vokzale goroda Samarkand
Posadka passajirov na skorostnoy poyezd Afrosiab na vokzale goroda Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil 28-dekabrdan 2021-yil 10-yanvargacha oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida ta’lim olayotgan talabalarga poyezd chiptalariga 50 foiz chegirma beriladi.

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida ta’lim olayotgan talabalar va o‘quvchilar poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma beriladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

“2020 yil 28-dekabrdan 2021-yil 10-yanvargacha oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida ta’lim olayotgan talabalar hamda o‘quvchilarga poyezd chiptalarida ta’rif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma beriladi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu talabalar va o‘quvchilarning qishki o‘quv ta’tilini maroqli o‘tishida hamda mamlakatning qadimiy va navqiron shaharlariga sayohat qilishlariga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. 

Ushbu chiptalar imtiyozli bo‘lganligi uchun ularni faqat temir yo‘l kassalarida harid qilish mumkin. 

Qo‘shimcha ma’lumotni 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar burosidan olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0