Video

Qirgʻizistonlik maktab oʻquvchisi qanday qilib Kreml diqqatini jalb etdi

Qirgʻizistonlik yetti yoshli maktab oʻquvchisi Sputnik agentligiga Vladimir Putinga yozgan maktubi haqida soʻzlab berdi va nima uchun undan “Gazprom” yoki “Rosneft” aktsiyalarini sovgʻa qilishi soʻraganini tushuntirib berdi.

Rustam Toshmatov Rossiya prezidentiga maktub yozgani 16 dekabr kuni maʼlum boʻlgandi. Uning tan olishicha, u neft-gaz kompaniyalaridan birining aktsiya egasi boʻlishni va Tula shirin kulchalarini tatib koʻrishni orzu qiladi.

Kremlga Rustamning xati yetib bordi va unga sovgʻa joʻnatildi. Sovgʻa Bishkekdagi Rossiya fan va madaniyat markazida tantanali ravishda topshirilishi kutilmoqda.

Ilgari u Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovga Yangi yil oldidan maktub yozgan. Qirgʻizistonliklar hozircha keyingi davlat rahbarini saylashmaganliklar uchun Rustam Rossiya prezidentiga murojaat qilishga qaror qilgan.

“Men uni kirib kelayotgan bayram bilan tabrikladim hamda yangi yil sovgʻasini soʻradim – Tula shirin kulchasi, termokrujka, “Putinnikiga oʻxshash”, va Gazprom” yoki “Rosneft” aktsiyalari. Otamning doʻsti aktsiyalar haqida gapirib bergandan keyin men aktsiya egasi boʻlishni istadim. Bu juda ajoyib va daromadli. Men hali Tula shirin kulchalarini tatib koʻrmaganman, tatib koʻrishni xohlayman. Hamma u juda mazaligini aytyapti”, - deydi Rustam.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala