O‘zbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi

© Press-slujba SenataPoslom Uzbekistana v Pakistane naznachen Oybek Usmanov.
Poslom Uzbekistana v Pakistane naznachen Oybek Usmanov. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oybek Usmanov O‘zbekistonning Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi.

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Oybek Arifbekovich Usmanov O‘zbekistonning Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Uni tayinlash to‘g‘risidagi qaror Oliy Majlis Senatining o‘ninchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan.

Oybek Usmanov 1962-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1985-yili Toshkent Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tugatgan.

U 2013 yil yanvar oyidan beri O‘zbekistonning Misr va Iordaniyadagi elchisi, shuningdek, 2020-yil may oyidan O‘zbekistonning Marokashdagi elchisi lavozimida ishlab kelgan.

Yangiliklar lentasi
0