TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Jasur Fozilov Buxoro shahar prokurori sifatida 20 dekabrdan ish faoliyatini boshladi. Bu haqda OʻzA Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinovga tayangan holda xabar qildi.
Xabarga oid toʻliq tafsilotlar hali maʼlum qilinmagan.
Eslatib oʻtamiz, Buxoro shahar prokurori sifatida faoliyat yuritayotgan Jasur Fozilov bundan biri necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaatlar bilan chiqish qilgan edi. Unda Fozilov turli qonunbuzarliklarni tilga olgan edi.
Hech qancha vaqt oʻtmay, Bosh prokuratura tomonidan Buxoro shahridagi tadbirkorning Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekshirilayotgani haqidagi bayonoti eʼlon qilindi.
Shundan soʻng Buxoro shahar prokurori Fozilovning murojaati yuzasidan Respublika idoralararo komissiyasi tuzilgan edi.