Dunyoda

Xorijdagi ilk davlat: Belarusda “Sputnik V” vaktsinasi roʻyxatga olindi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishVaktsina ot CoVID-19 "Gam-KOVID-Vak"
Vaktsina ot CoVID-19 Gam-KOVID-Vak - Sputnik Oʻzbekiston
Belarus Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasini roʻyxatga oldi.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Belarus xorijiy davlatlardan birinchi boʻlib koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasini roʻyxatga oldi. Bu haqda Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi (RFPI) xabar qildi.

V Kazaxstane nachato proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qozogʻistonda Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarish boshlandi

“RFPI Belarus Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasiga roʻyxatga olinganlik guvohnomasi berilganini maʼlum qiladi. Shunday qilib, Belarus oʻz hududida vaktsinani rasman roʻyxatga olgan birinchi  xorijiy davlat boʻldi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, hozir mamlakatda vaktsinani ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish borasida ish olib borilmoqda.

Belarusga “Sputnik V” vaktsinasining birinchi partiyasi sentyabr oxirida yetkazib berilgan edi. Koʻngillilarni emlash 1 oktyabrdan boshlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala